Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Qodiriy “hukumatni obro‘sizlantirish”da ayblanganidan qariyb 100 yil o‘tib oqlandi
Oliy sud unga nisbatan kontrrevolyutsion xarakterga ega adabiyotlarni tarqatish va tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash moddasi bo‘yicha chiqarilgan hukmni bekor qildi.

Foto: Oliy sud
O‘zbekiston Oliy sudi atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyga nisbatan 1926 yilda chiqarilgan hukmni bekor qilib, uni oqladi.
Adib 1926 yilda hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblangan va tergovga tortilgan. Bunga «Mushtum» jurnalida e’lon qilingan «Yig‘indi gaplar» nomli maqolasi sabab bo‘lgan.
Qodiriy “Men ma’naviy o‘ldirildim, endi men uchun jismoniy o‘lim hech narsa emas”, degan jumlani o‘sha sud jarayonidan keyin aytgan.
O‘zbekiston SSR Oliy sudi jinoyat ishlari hay’atining 1926 yil 16 iyundagi hukmi bilan, Abdulla Qodiriy O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida (kontrrevolyutsion xarakterga ega adabiyotlarni tarqatish va tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq, O‘zbekiston SSR Markaziy ijroqo‘mi Rayosatining 1926 yil 17 iyundagi qaroriga asosan adib jazodan ozod etilgan.
Ushbu hukm yuzasidan Abdulla Qodiriyning nabirasi Habibullo Qodiriy Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini berdi.
Oliy sud apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqdi va bugun, 1 dekabr kuni hukmni bekor qilib, Abdulla Qodiriyning harakatlarida O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 73-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi hamda jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli aybsiz deb topdi va uni oqladi.
Shuningdek, uning tergovda nohaq ushlab turilgani ham qayd qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Abdulla Qodiriy 1938 yilda qatag‘on qilinib, otib tashlangan. Ushbu hukm bo‘yicha 1957 yilda oqlangan.
Ayni paytda Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ochiq sud majlislarida sovet davrida qatag‘on qurboni bo‘lgan va hozirgacha oqlanmagan 174 nafar shaxsga oid jinoyat ishlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori o‘rinbosari keltirgan protestlar ko‘rib chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

16:14 / 17.07.2025
Soliq nizolarini hal qilish vaqti qisqaradi

12:04 / 16.07.2025
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

14:58 / 14.07.2025
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi

20:26 / 02.07.2025