Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payme VISA bilan o‘ylab o‘tirmang: qanday qilib virtual karta onlayn xaridlarda yordam beradi

Foto: Payme
Payme VISA virtual kartasi bilan hech qiynalmay butun dunyo bo‘ylab onlayn-do‘konlardan xarid qilishga qaror qilish mumkin.
Sardor va Muxlisa turli film va seriallarni tomosha qilishni yaxshi ko‘rishadi, shuning uchun ular xorijiy filmlar xizmatiga obunani sotib olishmoqchi. Ularning qizi Samira internet-do‘konda sotib olgisi kelib yurgan ko‘ylakni ko‘rib qoldi. Kichik o‘g‘li kompyuter o‘yinlarini o‘ynashni va oddiy o‘yinchilardan alohida ajralib turishni yaxshi ko‘radi. U pul yig‘gan va uni chiroyli skinlar olishga sarflamoqchi. Ammo oila a’zolarining istaklarini xalqaro kartasiz amalga oshirish imkonsiz.
Kartani ochishga nisbatan uzoq va mashaqqatli jarayon deb qaraladi, shunga qaramay uni shu yerda va hoziroq sotib olishni xohlaymiz.
Ammo hammasi ko‘ringani kabi qiyin emas! Payme VISA virtual kartasini ochishingiz va nihoyat, aynan o‘sha orzungizdagi xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Nima uchun virtual karta kerak?
Payme VISA Virtual - virtual bank xalqaro kartasi bo‘lib, u orqali butun dunyo bo‘ylab onlayn to‘lovlarni amalga oshirish, elektron hamyonlarni to‘ldirish, pulli xizmatlarga obunani sotib olish, yangilash va boshqa ko‘plab jarayonlarni amalga oshirish mumkin. Kartaning o‘zi so‘mda, to‘lov hamkor bank Ravnaq-bank kursi bo‘yicha xorijiy valutada amalga oshiriladi.
Uni ochish uchun bankka borish, ariza qoldirish va kartaning chiqarilishini kutish shart emas. Hammasi ilovada onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ariza topshirishga bir necha daqiqa ketadi va u foydalanishga tayyor.
Uni qanday ochish kerak
Payme VISA Virtual kartasini bir necha qadamda ochish mumkin:
1. "VISA virtual kartasi" banneriga o‘ting yoki "Mening kartalarim" bo‘limidagi "+" belgisini bosing va VISA’ni tanlang.
2. "Davom etish" tugmasini bosing.
* Agar hali identifikatsiyadan o‘tmagan bo‘lsangiz, undan o‘tishingiz kerak.
3. Muvaffaqiyatli ochilish haqida push-xabarnomani kuting.
Kartani ochishda uni faollashtirish, raqam va CVV kodini olish uchun hisobni 15 000 so‘mga to‘ldirish kerak. Bu summa kelgusida erkin ishlatilishi mumkin: u kuymaydi, bloklanmaydi va xaridlar uchun mavjud bo‘lib qoladi.
Shu bilan birga, kartalar xizmatlarga ulanib turishi uchun hisobda 15 000 so‘m saqlanishi kerak: ularning ko‘pchiligi 1 AQSh dollarigacha bo‘lgan sinov hisobdan chiqarishni amalga oshiradi va yana hisobraqamiga pul qaytaradi. Bunday operatsiyasiz xizmatlar to‘lovdan bosh tortishi mumkin.
Karta bilan amaliyotlar narxi qancha?
Payme VISA Virtual kartasini ochish, unga xizmat ko‘rsatish, monitoring va tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar qilish uchun komissiya olmaydi. Ya’ni, kartadan bepul tarzda foydalanish mumkin.
UZCARD va HUMO kartalari yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri ilovaga pul kiritishingiz va undan yechib olishingiz mumkin. To‘ldirish uchun komissiya atigi 0,5 foizni tashkil qiladi.
Payme VISA Virtual imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar bilan havolada tanishing.
Payme ilovasini iOS va Android qurilmalariga yuklab olishingiz mumkin.
Reklama
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV
Jahon | 20:08
-
Durov muvaffaqiyatli kompaniya tashkil qilishning asosiy shartini aytdi
Jahon | 19:42
-
May ham o‘tdi, qonundan esa darak yo‘q: davlat xizmatchilari daromadi qachondan deklaratsiyalanadi?
O‘zbekiston | 19:23
Mavzuga oid

19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?

14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi

12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi

18:57 / 22.01.2024