Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?

Foto: Payme
Payme yangi o‘zgarishni e’lon qildi — ilova orqali shaxsni tasdiqlash. Yangi funksiya raqamli xizmatlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilishga qaratilgan davlat dasturi doirasida joriy qilindi.
2025 yil 7 fevraldan boshlab, Payme’da yangi foydalanuvchilar va parolni tiklaganlarning shaxsini tasdiqlash majburiy bo‘ldi. Payme ekspertlari bu jarayon qanday ishlashini va nima qilish kerakligini tushuntirdi.
Nima uchun bu muhim?
Shaxsni tasdiqlash bu — fintex-xizmatlar uchun jahon miqyosidagi standart amaliyot. Shaxsni tasdiqlash ilovani yanada xavfsiz va ishonchli ishlatishni ta’minlaydi. Shuningdek, bu tadbirlar O‘zbekiston prezidentining qarorini bajarish uchun ishlab chiqilgan "yo‘l xaritasi"da belgilangan. Shaxsni tasdiqlash orqali onlayn-servislar akkauntga kirgan shaxsni aniqlaydi.
Qachon shaxsni tasdiqlash kerak?
· Yangidan akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazganda;
· Parolni tiklashda, agar avval shaxsni tasdiqlash o‘tkazilmagan bo‘lsa;
· Smartfonni o‘zgartirganda.
Shaxsni tasdiqlashsiz faqat balansni ko‘rish mumkin, to‘lovlar va o‘tkazmalar to‘xtatilgan bo‘ladi. Agar shaxsni tasdiqlash oldin unutilib o‘tkazilgan bo‘lsa, parolni tiklash yoki yangi qurilma orqali kirishda faqat autentifikatsiya — yuzni skanerlash kerak bo‘ladi.
Shaxsni tasdiqlashdan qanday o‘tish mumkin?
1. Payme ilovaga kiring.
2. "Profil" bo‘limiga o‘ting va "Identifikatsiyani o‘tish" tugmasini bosing.
3. Pasport ma’lumotlarini kiriting.
4. Yuzni skanerlashni amalga oshiring.
Agar pasport yoki ID-karta bo‘lmasa nima qilish kerak?
Shaxsni tasdiqlash uchun hujjat o‘zingizda bo‘lishi shart emas. Hujjat ma’lumotlarini topish kifoya. Masalan, telefonning fotogalereyasi yoki eslatmalarda. Shuningdek, MySoliq, MyID va MyGov ilova va dasturlarida ham o‘z ma’lumotlaringizni topishingiz mumkin. Hatto ba’zi mobil operatorlarining dasturlarida ham hujjat ma’lumotlarini ko‘rish mumkin.
Agar tasdiqlash jarayonida muammolar yuzaga kelsa nima qilish kerak?
Agar shaxsni tasdiqlash o‘tmay turgan bo‘lsa, quyidagilarni amalga oshirishni tavsiya etamiz:
· Kiritilgan ma’lumotlarni tekshiring;
· Yuzni skanerlashda yaxshi yoritishga e’tibor bering.
Agar muammo hal bo‘lmasa, 1150 raqamli telefoniga murojaat qilish yoki Telegram bot orqali yordam so‘rash mumkin.
Shaxsni tasdiqlashdan o‘tmaslik mumkinmi?
Shaxsni tasdiqlamasdan ilovadan foydalanish mumkin emas. Ammo hozircha tasdiqlashdan o‘tishga tayyor bo‘lmaganlar faqat balansni ko‘rish bilan chegaralanishi mumkin. To‘lovlar, o‘tkazmalar va boshqa operatsiyalar shaxsni tasdiqlaganidan so‘nggina mavjud bo‘ladi.
Shaxsni tasdiqlash bu — oson, tez va xavfsiz. Payme ilova foydalanuvchilarga bu jarayonni o‘z vaqtida, qulay holda o‘tkazishni tavsiya qiladi, bu orqali kelajakda akkauntga kirishda muammolarga duch kelmaslikka yordam beradi.
Reklama
Mavzuga oid

14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi

12:00 / 18.07.2024
Uklon va Payme kompaniyalari Toshkentdagi taniqli shaxslarni tajriba o‘tkazishga, bir necha kun naqd pulsiz yashashga taklif qildi

18:57 / 22.01.2024
“Pul va vaqtimni yo‘qotyapman”: qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, to‘lovlar vaqtini tejash mumkin?

19:00 / 28.11.2023