Profilaktika inspektoriga yo‘l harakati sohasida qo‘shimcha vakolat beriladi

O‘zbekiston 11:45 / 12.08.2022 11337

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi

Ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda mahalla-huquq tartibot maskanlari profilaktika (katta) inspektorlari mahallalar, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari atrofidagi, yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uy-joy massivlaridagi yo‘llarda aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 248-moddasiga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy huquqbuzarlik ishlarini ko‘rib chiqishi va ma’muriy jazo qo‘llashi, kodeks 291-moddasiga muvofiq transport vositalarini ushlab turishi va ko‘rikdan o‘tkazishi ma’lum qilindi.

IIV profilaktika inspektorlarining biriktirilgan hududdagi yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish doirasida quyidagilarga alohida e’tibor qaratadi:

  • to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan transport vositalarni, transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlash, tovush signallarini sababsiz berish holatlarini;
  • avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, ularga sun’iy notekisliklar va to‘siqlar yaratganlik, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yo‘llarni saqlash qoidalarini buzganlik holatlarni aniqlash va chora ko‘rish;
  • mastlik holatidagi shaxslar hamda voyaga yetmaganlar tomonidan transport vositasini boshqarish holatlarini aniqlash va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mansabdor shaxslariga xabar berish.

Ichki ishlar vazirligi:

  • ichki ishlar organlari tayanch punktlari hamda mahalla-huquq tartibot maskanlari profilaktika inspektorlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi faoliyatini tashkil etish hamda zarur bo‘lgan jihozlar bilan ta’minlash dasturini tasdiqlaydi va ijrosini ta’minlaydi;
  • mahallalar, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari atrofidagi, yakka tartibdagi va ko‘p qavatli uy-joy massivlaridagi yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, profilaktika inspektorlari bosqichma-bosqich o‘qitilishini ta’minlaydi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • profilaktika inspektori biriktirilgan hududda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatini Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan yo‘l-patrul xizmati xodimlari yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi;
  • profilaktika inspektori biriktirilgan hududdagi yo‘llarda belgilangan talablarni bajarish bo‘yicha qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va ular mansabdor shaxslari, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
  • profilaktika inspektori tomonidan o‘ziga biriktirilgan hududdan tashqarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ko‘proq yangiliklar: