O‘zbekiston telekanallarida profilaktika ishlari amalga oshiriladi

O‘zbekiston 11:48 / 12.08.2022 6014

O‘zbekistonda 15-22 avgust kunlari teledasturlarni efirga uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari olib boriladi, deya xabar bermoqda AKT vazirligi.

Mamlakat aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUK texnik qurilmalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Navbatdagi profilaktika ishlarini 15-22 avgust kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha vaqt oralig‘ida hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich o‘tkazish rejalashtirilgan.

15-22 avgust kunlari har bir hududda navbatma-navbat faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Profilaktika ishlari o‘tkazilayotgan vaqtda abonent uskunasi («tyuner» va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: