Madridda NATOning «tarixiy» sammiti boshlandi

Jahon 16:38 / 29.06.2022 8456

Madridda Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotining bosh kotib Yyens Stoltenberg tomonidan «tarixiy va o‘zgarishlarga boy» deb atalgan sammiti boshlandi. Bu haqda u 29 iyun, chorshanba kuni sammit boshlanishidan oldin aytib o‘tdi, deb xabar beradi DW.

Chorshanba kuni Shimoliy Atlantika kengashining davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi birinchi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy video-aloqa orqali chiqish qiladi. U munozarada qatnashmaydi. Alyans Ukraina qurolli kuchlariga NATO standartidagi qurollarga o‘tishda yordam beradigan yangi yordam paketini ma’qullashi kutilmoqda. 

«Bu o‘zgarishlarga boy sammit bo‘ladi, chunki biz tarixiy qarorlar qabul qilamiz. Ittifoqimiz uchun yangi strategik qarashlar bo‘yicha kelishib olamiz, ya’ni NATO yanada raqobatbardosh va xavfli dunyoda kelajakka qanday harakat qilishi, a’zo davlatlar va qariyb bir milliard fuqaroni qanday himoyaga olishi ko‘rib chiqiladi», dedi Stoltenberg. U konsepsiyada Rossiya NATO xavfsizligiga «eng jiddiy va bevosita tahdid» sifatida tan olinishini kutmoqda. Shuningdek, alyans Xitoyga qanday munosabatda bo‘lishi ham aniqlashtiriladi.

Sammitda xavfsizlik va tiyib turish jarayonini kuchaytirish bo‘yicha rejalar ma’qullanishi kutilmoqda. Bu, birinchi navbatda, NATOning sharqiy qanotiga tegishli bo‘lib, u yerda alyansning qo‘shimcha kuchlari joylashtiriladi.

«Shuningdek, yetakchilar Finlandiya va Shvetsiyani NATO a’zoligiga taklif qilish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qiladi », - dedi Stoltenberg. Bu seshanba kuni kechqurun ushbu ikki davlatning alyans bosh kotibi vositachiligida Turkiya bilan erishgan kelishuvi tufayli amalga oshadi. 

Ko‘proq yangiliklar: