22 may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston 10:16 / 21.05.2022 19778

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha, ba’zi joylarda 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi, do‘l yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: