Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bolam butkul falaj bo‘lib qolishidan qo‘rqaman”: xastalikdan boshi xam qizga ko‘mak zarur
Sirdaryo viloyatining Muzrabot tumanidan tahririyatimizga madad istab tashrif buyurgan Zulfiya Norqulovaning qizi Guliro‘zaga skolioz tashxisi qo‘yilgan.

Qo‘li kaltalik bilan kun kechiradigan oilaning boshiga bu katta musibat bo‘ldi. Guliro‘za ulg‘aygani sayin unda umurtqa pog‘onasining qiyshayishi yaqqol sezila boshladi. Oxir-oqibatda yura olmay qolgan qizni davolatish uchun shifokorlarga murojaat qilishganda bu dardga faqat jarrohlik amaliyoti orqali davo topish mumkinligi aytilgan. Afsuski barcha tayyorgarlik ko‘rilib, operatsiya o‘tkaziladigan kun ham belgilanganda shifoxona xarajatlari uchun qilinadigan to‘lovga pul topilmay amaliyot kechiktirildi.
“Qizim ba’zida beli og‘rib, yura olmay qoladi. Darslarda ham ko‘p o‘tirolmaydi. Uni vaqtida davolatmasak, oyoq-qo‘li ishlamasdan falaj bo‘lib qolishi mumkinligini aytishdi. Shundan qo‘rqqanimizdan davolatish uchun imkon qadar harakat qilyapmiz.
Tun-u kun xayolim qizimni sog‘ayishi uchun imkon axtarish bilan band bo‘ladi. Vaqtida bilib, oldini olmaganim uchun o‘zimni o‘zim yomon ko‘rib ketaman ba’zida. Bolamni asrab qololmaslikdan qo‘rqaman. Yetishmovchilik eng qiyin narsa ekan”, – deya yig‘laydi qizining dardi bilan yashayotgan ona.
Guliro‘za shu nuqsoni sabab o‘z tengdoshlariga qo‘shilishga iymanadi. Unga qarab turib qizning qalbida kechayotgan og‘riqlar tan og‘riqlaridan-da kuchliroq, azobliroq ekanligini payqash qiyin emas.
Oila boshlig‘i traktorchi, ayni paytda esa mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanib farzandi tuzalishi uchun imkon axtarmoqda. Oilaning dardi yengillashishiga ko‘mak berishni, bir farzandning to‘shakka mixlanib qolishining oldini olishni istaganlar uchun biz ham duodamiz.
Guliro‘za To‘raboyevaga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 1402 9192 7011 onasi Zulfiya Norqulova nomida
Viza: 4073 4200 3494 0621 tanishi Zuhra Qo‘chqorova nomida
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025