Surxondaryoda fuqaroga qasddan tan jarohati yetkazib, qochib yurgan shaxs YPX xodimlari tomonidan ushlandi

O‘zbekiston 19:10 / 17.01.2022 1763

Termiz shahrida YPX xodimlari tomonidan fuqaroga qasddan tan jarohati, qochib yurgan 42 yoshli shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 16 yanvar kuni soat 10:30 larda Termiz shahar “Manguzar” YPX maskanida YPX xodimi Z.Jumayev tomonidan “Cobalt” mashinasi to‘xtatilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Mashina haydovchisi Sh.O‘. va unga tegishli bo‘lgan “Cobalt” mashinasining ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining 109-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, hozirda qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qidiruvda bo‘lgan fuqaro Termiz shahar IIBga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: