Futbolchilar Luka Modrich va Bukayo Saka Snickers bilan hamkorlikni boshladi

Jamiyat 15:24 / 26.04.2024 5322

Snickers brendi futbol yulduzlari Luka Modrich va Bukayo Saka bilan hamkorlikda yangi kampaniyani boshlaydi. Mars Inc kompaniyasining faxrli vakili bo‘lgan Snickers shokolad brendi futbol ishqibozlariga noqulay vaziyatlardan qochishda, uyalib qoladigan holatlarni oson yengishda yordam berish uchun "havaskorlarning xatolari" deb ataladigan g‘alaba strategiyasini ishlab chiqdi.

Kampaniya sartaroshxonadan boshlanadi, u yerda video qahramoni, ekrandagi futbol o‘yiniga to‘liq berilib ketgan Tim sochini oldirmoqda. Tim va boshqa ishtirokchilar sartarosh kreslosida bemalol o‘tirib, televizor ekranida o‘z jamoalarining o‘yinini diqqat bilan kuzatyapti.

Biroq his-tuyg‘ularini jilovlay olmagan Tim g‘alaba golini nishonlash uchun o‘tirgan joyidan sakrab tushdi, natijada sartarosh rolini o‘ynagan Bukayo Saka tasodifan uning bir tutam sochini olib qo‘yadi.

Bu holat Timga hozirgina yuz bergan “havaskorlar xatosi”ni eslatadi. Shunda sartarosh yordamchisi – Luka Modrich unga yordamga keladi va bu kulgili xatoni tezda tuzatish uchun Snickers sovg‘a qiladi, shundan keyin kampaniya shiori ostida “Havaskorlar xatosi”mi? Balki sizga shunchaki Snickers kerakdir?” degan yozuv chiqadi.

Modrich va Luka qisqa rolikda futbol ishqibozlarining xatolari haqida o‘z fikrlarini o‘rtoqlashadi va eng mashhur sarguzashtlarni eslashadi: masalan xot-dog sotib olishga ketib, elektron biletlari quvvatsiz telefonda bo‘lgani sababli eng chiroyli golni o‘tkazib yuborganliklari kabi. Futbolchilar bu sarguzashtlarga 1 dan 10 gacha baho beradi va o‘zlari bilan yuz bergan shunday voqealarni eslashadi.

“Menga Snickers bilan ishlash juda yoqdi. Futbol ishqibozlari bilan bog‘liq eng kulgili voqealarga baho berish qiziq bo‘ldi. Xatolar bo‘ladi va har bir kishida “havaskorlar xatosi” yuz berishi mumkin. Ba’zida shunchaki o‘z o‘yiningizga qaytish uchun ozgina yordam kerak bo‘ladi”, - dedi Luka Modrich.

“Hammamizda maydondan tashqarida kulgili “havaskorlar xatolari” bo‘ladi. Shunday muxlislarsiz bizga futbol hech narsa bo‘lmay qoladi! Ammo soch turmaklatayotganda ham jamoangiz o‘yinini kuzatish uchun – 10dan 10 ball beraman. Luka bilan ishlash menga yoqdi. Snickers jamoasiga qo‘shma loyiha uchun alohida rahmat”, - deya qo‘shimcha qildi Bukayo Saka.

 “Bizga ma’lumki, muxlislar har doim ham xatoni to‘g‘ri qabul qila olishmaydi, shuning uchun biz “havaskorlar xatosi”ni ta’kidlashni istardik. Futboldagi eng buyuk shaxslardan bo‘lgan bu ikki o‘yinchidan boshqa kim ham buni shunday tushuntirib bera olardi? Modrich va Luka ishtirokidagi bu kampaniya futbol ishqibozlarining xatolaridan hazil qilish va Snickers xotirjamlik hissini beradi, bu esa “boshni qumga ko‘mishni istagan” lahzalarni yengishga yordam beradi”, - dedi Mars Wrigley’ning Snickers brendi bo‘yicha mintaqaviy direktori Greg Kent.

 
Ko‘proq yangiliklar: