Mo‘ynoqda undiruvchi foydasiga qariyb 270 mln so‘m undirib berildi

O‘zbekiston 14:08 / 22.10.2021 449

MIBning Mo‘ynoq tuman bo‘limi ish yurituvida 269 mln 887,1 ming co‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xabar berdi. Unda undiruvchi «ERSULTAN NUKUS CITY» MChJ foydasiga Mo‘ynoq tumani obodonlashtirish boshqarmasidan qarzdorlik hisoblangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor korxona tegishli tartibda tanishtirilib, ixtiyoriy muddat ichida ijro hujjatini bajarish uchun 15 kunlik muddat berilgan.

Lekin ushbu muddat oralig‘ida talablar bajarilmagani sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib qarzdorning barcha hisobraqamlariga taqiq va inkassa topshiriqnomalari qo‘yilgan.

Shuningdek, qarzdorga tegishli bo‘lgan traktori va “ISUZU” avtobus transport vositalari xatlovga olingan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida, 19 oktabr kuni undiruvchi jamiyat foydasiga 269 mln 867,5 ming so‘m qarz va pochta xarajati undirilib, hisobraqamlariga o‘tkazilib berilgan.      

Shu sababli ijro hujjati “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda ijro etilib tamomlangan. 

Bundan oldin MIB Beruniyda salkam 1 mln dollarlik qarzdorlikni undirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: