Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Menejment Universiteti matematika va ingliz tilidan onlayn kirish imtihonlarini o‘tkazadi

Hozirgi epidemiologik vaziyatda Britaniya Menejment Universitetida (British Management University) matematikadan kirish imtihonini onlayn tarzda topshirish mumkin. Buning uchun BMU veb-saytida (www.bmu-edu.uz) ekranning pastki o‘ng burchagida Apply Now tugmasini bosish orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak.
IELTS (yoki unga ekvivalent: TOEFL, Pearson, Duolingo) yo‘q bo‘lsa ham, matematikadan imtihon topshirsa bo‘ladi, bu sertifikatni keyinroq yuklab qo‘yishingiz mumkin. IELTS topshirishga ulgurmagan abituriyentlarga BMU ingliz tili imtihonini onlayn tarzda topshirish, shu jumladan, til egalari bilan Zoom intervyulari berish imkoniyati bor.
Matematika bo‘yicha test sinovlaridan (≥ 50%) va ingliz tili (IELTS ≥ 5.5 yoki BMU ingliz tili imtihoni ≥ 60%) hamda intervyulardan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga ikki haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat ichida universitetga kirish to‘g‘risida (Offer Letter) xabarnoma yuboriladi.
Kirish imtihonlari jadvali
BMU matematika imtihoni — ONLAYN (har chorshanba kuni soat 10:00da)
Test sinovlari soat 10:00da abituriyentning shaxsiy kabinetida (ro‘yxatdan o‘tganidan keyin) o‘tkaziladi.
BMU matematika imtihoni — OFLAYN: (har shanba soat 10:00da)
Test sinovlari soat 10:00da universitet binosida, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasi, 22A uyda o‘tkaziladi.
BMU ingliz tili bo‘yicha imtihon — ONLAYN va OFLAYN (2 avgustdan)
Onlayn imtihonlarni ingliz tilida topshirish haqida batafsil ma’lumot BMU matematika imtihonini topshirgandan so‘ng abituriyentlarga taqdim etiladi.
Grantlar va stipendiyalar
100 foizlik to‘liq grantlar kam ta’minlangan oilalardan akademik qobiliyatga ega bo‘lgan abituriyentlarga beriladi. Ularni olish uchun siz ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat holatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishingiz kerak (mahalladan ma’lumotnoma). Insho yozing va grant komissiyasining suhbatidan o‘ting. 50 foizlik grantlar 7,0 yoki undan baland IELTS olgan, matematika imtihonidan yuqori natija ko‘rsatgan va grant komissiyasi suhbatidan o‘tgan abituriyentlarga taqdim etiladi.
Bugungi kunda universitet hozirgi 4 yillik o‘quv davri davomida talabalarga 4 milliard so‘m miqdorida grant va stipendiyalar ajratmoqda.
O‘qishning birinchi yili bahorgi semestridan boshlab yuqori natijalarga erishgan talabalar oyiga 1 million so‘mgacha akademik stipendiyalar oladilar.
Britaniya Menejment Universiteti strategiyasi
Britaniya Menejment Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 maydagi 272-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Universitet o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan 2020 yil 16 oktyabrdagi 0008-sonli litsenziya asosida olib boradi. Taklif etilayotgan mutaxassisliklar quyidagi yo‘nalishlardan iborat:
— bank ishi va moliya;
— xalqaro buxgalteriya hisobi;
— loyiha boshqaruvi;
— xalqaro logistika,
— raqamli marketing;
— tadbirkorlik va innovatsiya.
Berilgan litsenziya haqidagi batafsil ma’lumot bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Britaniya menejment universiteti strategiyasiga ko‘ra, uning asosiy maqsadi eng yaxshi xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilish, eng istiqbolli mutaxassisliklarni o‘qitish, bitiruvchilarga yirik xalqaro va mintaqaviy kompaniyalarda ish topishda ko‘maklashish, innovatsion tadbirkorlik loyihalarini yaratish orqali Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lishdir.
Hozirda 350 nafar talaba Britaniya menejment universitetida Foundation dasturini tamomlagan. Ushbu dastur dunyoning eng yaxshi 200 ta universitetiga kirgan Reading universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Universitetda Massachusets texnologiya instituti, Harvard, Cambridge va dunyoning boshqa taniqli universitetlari bitiruvchilari dars berishadi.
Zamonaviy va yuqori texnologiyali eko-kampus
Shuningdek, Toshkent shahrida qulay o‘quv jarayonini ta’minlash uchun (yo‘nalish: A. Temur mahallasi) zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan ekologik talabalar majmuasi (kampus), innovatsion sinflar, konferensiya zallari, katta kutubxona, ko‘plab o‘quv binolar va xonalar, zamonaviy yotoqxona, sport majmualari, katta yashil maydon va boshqalar barpo etilmoqda. Yaqin kunlarda 3D formatdagi yangi kampusning ommaviy taqdimoti rejalashtirilgan.
Agar siz akademik chaqiruvlarga tayyor bo‘lsangiz va Markaziy Osiyodagi eng kuchli universitetlardan biriga o‘qishga kirish uchun o‘zingizni loyiq deb hisoblasangiz, unda
Britaniya Menejment Universiteti Siz uchun!
Telefon: (+998) 95-511-9999
Sayt: bmu-edu.uz
Elektron pochta: info@bmu-edu.uz
Instagram: @bmuedu
Telegram: t.me/bmuedu
Telegram-bot: t.me/BMUedubot
LinkedIn: Britaniya menejment universiteti
Facebook: fb.com/bmuedu
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chegarasiz biznes: Dubay yagona erkin zona pasportini joriy qildi
Biznes | 14:48
-
O‘zbekiston va Serbiya migratsiya sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:37
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
Mavzuga oid

19:00 / 02.05.2024
Britaniya menejment universitetida “Biznes va bank uchun moliyaviy texnologiyalar va kiberxavfsizlik” forumi yakuniga yetdi

10:00 / 25.04.2024
Britaniya menejment universitetida “Biznes va bank uchun moliyaviy texnologiyalar va kiberxavfsizlik” mavzusida forum bo‘lib o‘tadi

11:00 / 05.12.2020