O‘zbekiston | 11:00 / 05.12.2020
8127
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentdagi Britaniya menejment universiteti bahorgi semestr uchun qabulni ochiq deb e’lon qiladi!

COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, universitet 2020 yil kuzda o‘qishni boshlay olmagan abituriyentlar uchun bahorgi semestrga qabul e’lon qiladi.

Yangi ro‘yxatdan o‘tgan talabalar 2021 yil 11 yanvarda o‘qishni boshlaydi va 2021 yil iyun oyida bahorgi semestr tugagandan so‘ng ular yilni yakunlash uchun zarur fanlarni yozgi maktabda (2021 yil iyul–avgust oylari) o‘qishni davom ettirishadi.

2020 yil kuzgi semestrda boshqa OTMda tahsil olgan talabalarning ilgari o‘rgangan fanlari bilan o‘tish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, boshqa universitetdan o‘tish istagidagi talabalar yozda qo‘shimcha fanlarni o‘qishlari shart emas (agar qabul komissiyasi o‘tilgan fanlarni va dars soatlarini Britaniya menejment universiteti 1-semestr fanlariga mos keladi, deb hisoblasa).

 

Britaniya menejment universiteti bahorgi semestrga (2021 yil yanvar–iyun) kirish uchun sizga quyidagilar kerak:

1. IELTS sertifikati minimal ball bilan ≥ 5,5 (yoki ekvivalent);

2. Universitet tomonidan o‘tkazilgan ≥ 50% natija bilan matematikadan test sinovlari.

Britaniya menejment universiteti dunyoning istalgan mamlakatida raqobatdosh mutaxassis bo‘lishga imkon beruvchi ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi.

Universitet quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi:

·       bank va moliya

·       xalqaro moliyaviy buxgalteriya hisobi va audit;

·       quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha biznes boshqaruvi:

— loyiha boshqaruvi;

— xalqaro logistika;

— raqamli marketing;

— tadbirkorlik va innovatsiyalar (turizm va mehmonxonalarni boshqarish sohasida)

Hujjatlar onlayn tarzda 2020 yil 31 dekabrgacha qabul qilinadi.

Buning uchun https://bmu-edu.uz havolasi orqali o‘tib, APPLY NOW'ni bosing.

Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotni +998-95-511-99-99 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki universitetning Telegram-botiga (t.me/BMUedubot) va Instagram'dan (instagram.com/bmuedu) savol yo‘llash orqali olishingiz mumkin.

***

Britaniya menejment universiteti Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 maydagi 272-sonli qarori bilan tashkil etilgan nodavlat universitetdir. Universitet Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 16 oktyabrda berilgan №OT 0008 litsenziyasiga muvofiq faoliyat yuritadi. Universitet diplomi O‘zbekistondagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olingan.

 

Universitetning eng muhim ustun jihati bu – Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliya, Germaniya, Rossiya va Xitoyning taniqli xalqaro universitetlarida katta tajribaga ega kuchli va chinakam xalqaro jamoaga egaligidir.

Universitet professor-o‘qituvchilari orasida dunyoga mashhur universitetlarda, jumladan, Massachusets texnologiya instituti (QS reytingi bo‘yicha 1-o‘rin, 2021), Harvard (3-o‘rin), Kembrij (7-o‘rin), Moskva davlat universiteti (top-100), Reyding universiteti (top-250), Melburn texnologiya instituti (top-250), Minnesota universiteti (top-250) kabi universitetlarda ilmiy darajalarni qo‘lga kiritgan yoki ish tajribasiga ega ko‘plab xorijiy mutaxassislar bor.

Rasmiy kanallarimizni kuzatib boring:

Website: www.bmu-edu.uz

Instagram: @bmuedu

Telegram-bot: t.me/BMUedubot

Telegram-kanal: t.me/bmuedu

Facebook: fb.com/bmuedu

E-mail: info@bmu-edu.uz

Telefon: +998-95-511-9999

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid