Biznesda axborot texnologiyalarining rivojlanishi va joriy etilishi bilan yana bir muhim jihat – kompyuter xavfsizligi paydo bo‘ldi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili axborot xavfsizligiga 1 million martadan ortiq hujum qilinadi. Ushbu ma’lumotlar tufayli kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar mahalliy va xalqaro miqyosda katta talabga ega. Yuqori malakali akademik kadrlarga ega jahon darajasidagi universitet – Britaniya menejment universiteti mashhur IT sohalariga oid «Kiberxavfsizlik», «Sun’iy intellekt» va «Fintex» mavzularida zamonaviy bilim va amaliyotni taqdim etish uchun o‘z eshiklarini ochishga tayyor.
Ushbu tadbir munosabati bilan 2024 yil 1 may kuni BMU o‘z hududida zamonaviy biznes va uning xavfsizligini muhokama qilish va tahlil qilish uchun taniqli ekspertlarni, biznes va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yetakchilarni birlashtiradi.
Tadbir tajriba almashish va asosiy mavzularni muhokama qilish uchun jonli platforma sifatida o‘tkaziladi:
1. “Moliyaviy texnologiya va kiberxavfsizlik kelajagi”. Tegishli muammolarni hal qilishning yangi tendensiyalari va usullarini muhokama qilish.
2. Fintexni biznes va bank faoliyatiga integratsiya qilish. Kiberxavfsizlik vositalarining jonli namoyishlari. Mustahkam kiberxavfsizlikni loyihalash bo‘yicha seminar.
Biznes va moliyaviy tuzilmalarni modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qilish uchun boy bilim va tajribaga ega mehmonlar taklif etilgan, ulardan:
- Asqar Zokirov - NAPP'ning kriptoaktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i;
- Nika Kurdiani - CEO TBC Group Uzbekistan;
- Andrey Shishkin - UZCARD Axborot xavfsizligi departamenti direktori;
- Nargis Do‘stmatova - O‘zbekistondagi Fintex Assotsiatsiyasi raisi;
- Jahongir Usmonov - ZOODPAY bosh direktori;
- Timur Umarov - London King’s kolleji kompyuter fanlari doktori, professor;
- Dana Essentai - KPMG Caucasus and Central Asia kiberxavfsizlik guruhi bosh maslahatchisi;
- Bekhruzbek Ochilov - Alkes Research investitsion banking direktori.
Forumning axborot hamkori: Daryo.uz internet nashri.
Forumni tashkil etish bo‘yicha hamkorlar: TBC Bank, Ipak Yo‘li Bank, KPMG, Britaniya menejment universiteti, UZCARD, ZOODPAY, PAYNET, CISCO, Alfa Insurance.
Murojaat uchun telefon raqami: +998-95-511-99-99
Forumga qatnashish uchun ushbu havola orqali registratsiyadan o‘tish mumkin.
Reklama huquqi asosida