Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi
31 may kuni Dubayda boks bo‘yicha Osiyo chempionati final bahslari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston boks jamoasi 6ta oltin, 1ta kumush va 3ta bronza medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
10ta vaznning 6tasida oltin medal o‘zbekistonlik sportchilarga nasib etdi. O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar bokschisi Abdumalik Xalakov, Elnur Abduraimov va Sanjar Tursunov yarim finalda mag‘lubiyatga uchrab, bronza medallar bilan kifoyalanishgandi.
Finallar kunida dastlab 49 kg.gacha vazn toifasida Nodirjon Mirzaahmedov qozog‘istonlik Daniyal Sabitni 5:0 hisobida mag‘lub etib, chempionlikni nishonladi.
-52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov hindistonlik nomdor raqibi Amit Pangalni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida, 2019 yilgi jahon chempionati va Osiyo chempionatlarida g‘olib bo‘lgan Mirazizbek Mirzaxalilov (-56 kg) esa kutilmaganda mo‘g‘ulistonlik Xarku Enx-Amarga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
-69 kg vazn toifasidagi finalda Bobo-Usmon Baturov va Abilayxon Jusupov o‘zaro to‘qnash keldi. 1-raundda qozog‘istonlik bokschi jarohat sabab jangni davom ettira olmasligi ma'lum bo‘ldi va g‘alaba o‘zbekistonlik sportchiga berildi.
-75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja'farov qozog‘istonlik Abilxan Amanqul ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

-81 kg vazn toifasidagilar o‘rtasidagi finalda esa Dilshodbek Ro‘zmetov Eron vakili Meysam Geshlabini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Osiyo chempionatining markaziy jangi +91 kg vazn toifasi vakillari Bahodir Jalolov va Kamshibek Kunkabayev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston vakilini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va Osiyo chempionati oltin medaliga ega chiqdi. Bu Bahodir Jalolov va Kamshibek Kunkabayev o‘rtasidagi o‘zaro 6-jang edi. O‘zbekiston vakili 4:2 hisobida ustun kelmoqda.
Turnirda uchta vazn toifasida g‘oliblik Mo‘g‘uliston vakillariga nasib etdi - Enh-Amar (56 kg), Tsendbaatar (60 kg), Chinzorig (64 kg), shuningdek, hindistonlik Sanjit (91 kg) ham oltin medalga ega chiqdi.
Qizlar o‘rtasida esa vakillarimiz musobaqani 8ta medal — 1ta oltin, 5ta kumush, 2ta bronza bilan yakunlashdi: Sitora Turdibekova (-57 kg, oltin), Gulasal Sultonaliyeva (-48 kg, kumush), Sitora Shogdarova (-54 kg, kumush), Navbahor Hamidova (-69 kg, kumush), Mavluda Mavlonova (-75 kg, kumush), Sohiba Ro‘zmetova (-81 kg, kumush), Mohinabonu Abdullayeva (-64 kg, bronza), Mohira Abdullayeva (+81 kg, bronza).
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

20:41 / 26.02.2025
World Boxing federatsiyasi XOQ tomonidan vaqtincha tan olindi

21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi

22:36 / 28.12.2024
Boks. To‘lqin Qilichev – Osiyoda yil murabbiyi deb e’lon qilindi, yana ikki o‘zbekistonlik ayol bokschi tengsiz bo‘ldi

17:39 / 09.12.2024