OTB O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirish uchun 200 million dollar qarz beradi

O‘zbekiston 15:18 / 28.09.2020 1944

Ta'kidlanishicha, ajratilgan 200 million dollar mamlakat energetika sohasida moliyaviy barqarorlik va yetarli investitsion ko‘makni ta'minlash uchun yo‘naltiriladi.

«Ushbu turdagi kredit O‘zbekistonning energetika sohasida qiyin islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va xususiy sarmoyalarni chuqurlashtirish uchun juda muhimdir. Ushbu dastur xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish orqali, hukumatning ish o‘rinlarni yaratish va aholi turmush sifatini oshirish bo‘yicha yakuniy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Toza energiyaga o‘tish zamonaviy va ishonchli energetik infratuzilmani rivojlantirishni jadallashtirishga qaratilgan islohotlarning markazida bo‘ladi, bu esa issiqxona gazlari chiqindilarining tarkibiy qisqarishiga olib keladi», — deydi bankning energetika yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassisi Syong Dak Kim.

OTB «O‘zbekenergo» ichki tuzilmasini isloh etish hamda tashkilotning institutsional o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlab, energetika sohasida xususiy kapital ko‘payishiga intilmoqda. 

2020 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 19,4 milliard dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 34,0 foizni tashkil etdi. Shu paytgacha, O‘zbekiston davlat tashqi qarzining 3,9 milliard dollar qismi OTBdan olingan.

Ko‘proq yangiliklar: