“Qadam-baqadam” − shaxsiy rivojlanish bo‘yicha o‘zbek tilidagi birinchi besseller kitob

Jamiyat 20:02 / 26.09.2020 18754

Mazkur kitobdan joy olgan bilim va ko‘rsatmalar minglab insonlarning hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Muallif o‘zining asosiy missiyasini: “Men insonlarga ko‘mak berishdan ortiq yaxshi xizmat topa olmadim”, deya ifodalaydi.

Muallifning yozishicha, “Dunyodagi eng xavfsiz investitsiya bu o‘zingiz uchun qilingan investitsiyadir.”

Yaqindagina nashrdan chiqqan, “Qadam-baqadam” nomli kitob muallifi Ixtiyar Dosmetov (Ikhtiyar Dosmetov) o‘zining mualliflik uslublari bilan biznesmen va soha egalariga qanday qilib shaxsiy brend qurish, daromadni oshirish va muvaffaqiyatga erishish yo‘llarini o‘rgatib, ilmiy-nazariy ko‘mak berib kelmoqda. 

Biznesmen, prodyuser, xalqaro toifadagi biznes murabbiy, ICC xalqaro kasting markazi asoschisi va rahbari Ixtiyar Dosmetovning biznes va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha treninglari hamda kouching darslarini YouTube'dagi shaxsiy kanali orqali tomosha qilishingiz, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida taqdim etib boriladigan ma'lumotlarni kuzatib borishingiz mumkin.

 YouTube | instagram | facebook

Muallif o‘zining o‘n yetti yillik tajribalariga asoslanib yozilgan “Qadam-baqadam” kitobi orqali tizimli hayot boshlash, qadam-baqadam moliyaviy o‘sish, munosabatlarni tiklash, sog‘liq va energiyani yaxshilash hamda shaxs sifatida rivojlanish yo‘llarini o‘rgatadi. Zero, mazkur kitobdan joy olgan bilim va ko‘rsatmalar minglab insonlarning hayoti o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. U o‘zining asosiy missiyasini: “Men insonlarga ko‘mak berishdan ortiq yaxshi xizmat topa olmadim”, deya ifodalaydi.

“Aslida, faqatgina moliyani o‘ylab yashashdan yomon narsa yo‘q va bunday yashash tarzi bizning hayotimizni izdan chiqaradi. To‘g‘ri, moliya albatta muhim, lekin u eng muhimi emas. Har bir inson o‘zi xohlagan hayot tarzida yashash uchun intiladi. Sababi, uning yuksak marralarga erishishi, shaxs sifatida shakllanib o‘z sohasida rivojlanishi, munosabatlari yaxshilanib, moliyaviy erkinlikka erishishi uchun hozirgi ahvoli qay darajada bo‘lishidan qat'i nazar o‘z ustida ishlab, biznesini yo‘lga qo‘yishi, faoliyat yuritayotgan kasbida yetakchi bo‘lishga harakat qilishi, ya'ni hayotini qadam-baqadam tizimlashtirib borishi shart. Shundagina unga muvaffaqiyat sari cheksiz imkoniyatlar yo‘li ochiladi. Siz ham yaxshilab o‘ylab ko‘ring, hayotingizdagi eng asosiy jabhalar tizimlashganmi? Agar hali ishonchingiz komil bo‘lmasa, demak hayotingizni tizimli qilish vaqti keldi. Demak, hamma gap tizimda! 

Faoliyatim davomida moliyaviy muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan suhbatlashar ekanman, ularning moliyaviy yutuqlari to‘laqonli baxt keltirmaganiga amin bo‘ldim. Ularning aksariyati o‘zini namoyon etolmagani va bolaligida orzu qilgan kasb yoki hayot tarziga erisha olmaganlarini aytishadi. Aslida, ichimizda bizning bolaligimiz bor va u baxtli bo‘lmaguncha biz baxtli bo‘lolmaymiz. Siz onasidan ayrilgan insonning yig‘laganini ko‘rganmisiz? Aslida, uning ichidagi bolakay yig‘laydi. O‘sha vaqtda u butun borlig‘i bilan ichidagi bolani tinglaydi. O‘zining ulg‘aygani, lavozimi yoki hayotdagi o‘rni haqida unutadi. To‘laligicha bolakay nimani xohlasa, shuni qiladi. Ya'ni, haqiqiy o‘ziga aylanadi. Yosh boladay onasini izlab, ho‘ngrab yig‘laydi... Yodingizda bo‘lsin, agar ichingizdagi bolakay o‘zini topsagina, sizga muvaffaqiyatlar kafolatlangan!”, – deydi Ixtiyar Dosmetov. 

“Qadam-baqadam” kitobi yilning oxiriga qadar 100.000 nusxada chop etilishi rejalashtirilgan va hali nashrdan chiqmasidanoq 10.000 ta kitobning xaridori tayin edi. Muallifning shogirdlari, ya'ni yurtimizdagi ko‘zga ko‘ringan biznesmen va soha egalari tomonidan xarid qilingan kitoblar o‘z egalariga bosqichma-bosqich yetkazilmoqda. Shuningdek, kitobning audio versiyasi tayyorlangan bo‘lib, uni jurnalist Najot Nur o‘qigan. Quyidagi havola orqali kitobning audio variantining bir qismini tinglab bahramand bo‘ling.

Muallifning yozishicha, “Dunyodagi eng xavfsiz investitsiya bu o‘zingiz uchun qilingan investitsiyadir. ”Sohangizda liderlikka erishish, shaxsiy biznes yaratish, o‘zingiz xohlagan hayot tarzida yashash niyatingiz bo‘lsa, o‘zingizga investitsiya qiling, kelajagingiz uchun yangi qarorlar qabul qiling va ularni amalga oshirish uchun qadam-baqadam harakat qilishni boshlang! Bu yo‘lda “Qadam-baqadam” kitobi sizga dasturilamal bo‘ladi.

Kitobni xarid qilish uchun havolani bosing va to‘liqroq ma'lumotga ega bo‘ling 👉 https://wep.wf/008bv4

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: