Mamlakat Bosh konsulxonasi ko‘magida Germaniyadagi Ming Cheng institute direktori, professor Ming Chengning O‘zbekistonga ishchi safari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Germaniya tomoni tashrif davomida Toshkent davlat pedagogika universiteti, Andijon davlat universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar natijasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
Hujjatlar Ming CHeng Institute va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni, xususan madaniyat, ta’lim, tadqiqot, fan va biznes yo‘nalishlarida rivojlantirish o‘z ichiga oladi. Shuningdek, imzolangan ikki tomonlama shartnomalar doirasida O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida nemis tilini chet o‘rganish, O‘zbekiston kasb-hunar maktablarida dual kasbiy ta’lim dasturlarini targ‘ib qilishni nazarda tutadi.
Hamkorlik doirasida Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar va ushbu mamlakatda ta’lim olmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilari va talabalari uchun nemis tilini xorijiy va ixtisoslashtirilgan til sifatida o‘rgatiladi.
Uchrashuvlar davomida joriy aprel oyida Germaniyaning Galle shahridagi Ming Cheng institute kampusida bo‘lib o‘tadigan Germaniya-O‘zbekiston rektorlarining birinchi forumida mamlakat oliy ta’lim muassasalari rektorlarining ishtiroki masalalari ham muhokama qilindi.