Affinaj faoliyatini litsenziyalash tartibga solinadi 

O‘zbekiston 12:38 / 17.02.2020 2607

Belgilab qo‘yilishicha:

2020 yil 15 martdan boshlab affinaj faoliyati Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi beradigan litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;

affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) tomonidan beriladi;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi beriladigan ish turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) ro‘yxatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan xomashyo bilan ishlashga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan avval berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi asosida faoliyat ko‘rsatadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagunicha litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.

Quyidagilar:

Affinaj faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berishda idoralararo elektron hamkorlik sxemasi tasdiqlandi.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda affinaj faoliyatini litsenziyalash jarayoniga jalb qilingan hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va boshqa tuzilmalarni ham jalb etgan holda, affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyani davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali berish bo‘yicha davlat xizmatini 2020 yil 15 martga qadar muddatda joriy qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: