Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zafar Hoshimov QQS stavkasini pasaytirish qanday ta'sirga ega bo‘lishini baholadi

Foto: Xalqaro press-klub
Korzinka.uz tarmog‘ining asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov prezident Shavkat Mirziyoyevning qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) stavkasini kamaytirish bo‘yicha topshirig‘iga izoh berdi.
Bir kun oldin davlat rahbari Moliya vazirligiga bugungi kunda 20 foizni tashkil etayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini kamaytirish bo‘yicha aniq asoslangan taklif kiritish vazifasini topshirdi.
«Mubolag‘asiz aytish mumkinki, ushbu vazifa yangi Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilish jarayonidagi eng muhim voqeadir. Soliq stavkalari, birinchi navbatda, QQS stavkasining soliq to‘lovchilar bazasini parallel ravishda kengaytirish va ushbu soliq bo‘yicha barcha imtiyozlarning bekor qilinishi jarayonida pasaytirilishi yashirin iqtisodiyot sektorining qisqarishiga yordam berib, soliq solishni biznes uchun yanada adolatli qiladi», - deb yozadi Hoshimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
Bularning barchasi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini oshirishga yordam beradi, deya ta'kidlab o‘tdi u.
Tadbirkorning eslatishicha, Soliq konsepsiyasi loyihasining dastlabki variantida 12 foizlik QQS stavkasi taklif qilingan. Ushbu stavkaning mantig‘i shundan kelib chiqqanki, faol transchegaraviy savdo mavjud bo‘lgan qo‘shni mamlakatlarning aksariyatida QQS stavkasi aynan shundaydir. Soliq stavkasini ushbu ko‘rsatkichgacha kamaytirish, tadbirkorning fikriga ko‘ra, qo‘shnilar bilan tovarlarga ichki narx shakllanishidagi tafovutni sezilarli darajada kamaytirish, yashirin import oqimining pasayishi, shuning barobarida yashirin bozorning sezilarli darajada qisqarishiga olib keladi.
«Ushbu stavka foydasiga shuni keltirish mumkinki, Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra joriy yilda amaldagi QQS stavkasi 20 foizni tashkil etgani holda, soliq yig‘imi 11,5 foizlik darajaga teng bo‘lgan. Qolgan qismi alohida korxonalar va iqtisodiyotning butunboshli sektorlarida QQS to‘lovi bo‘yicha turli imtiyozlar mavjudligi sabab yig‘ilmagan», - deya qayd etib o‘tdi Hoshimov.
Ushbu imtiyozlarning barchasi bekor qilinsa va shu bilan birga soliq 12 foizga kamaytirilsa, unda budjet zarar ko‘rmaydi, deya hisoblaydi u.
«Hozirda 20 foizlik QQSdan cho‘chiyotgan ko‘plab korxonalar soyadan chiqsa, unda budjet yig‘imlari sezilarli darajada oshishi kerak, - deya ta'kidlab o‘tdi Hoshimov. - Umid qilamanki, stavkani pasaytirish shunchaki rasmiy qadam emas, balki samarali va asosli jarayonga ega bo‘ladi».
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
-
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31
-
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Jahon | 19:18
-
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston | 19:14
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

11:39 / 05.05.2025
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

10:56 / 18.03.2025