Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga 2025 yilning I choragida 19 milliard so‘mdan ortiq QQS qaytarildi.

Foto: Soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi xabar berishicha, 2023 yil 1 maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obektlaridan mol, qo‘y va parranda go‘shti, tuxum va o‘simlik yog‘i sotib olganda xarid summasidan 1 foiz miqdordagi keshbek o‘rniga, 12 foiz QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib olmoqda.
2025 yilning I choragida 168 146 nafar iste’molchiga 19,7 milliard so‘mga yaqin ijtimoiy keshbek to‘lab berildi.
Eng ko‘p ijtimoiy keshbek olgan hududlar:
Toshkent shahri — 5,4 milliard so‘m;
Samarqand viloyati — 2,2 milliard so‘m;
Toshkent viloyati — 1,8 milliard so‘m.
Bugungi kunda QQS qaytariladigan mahsulotlar ro‘yxati quyidagicha:
- qo‘y go‘shti;
- parranda go‘shti;
- mol go‘shti;
- tuxum;
- o‘simlik yog‘i;
- un;
- shakar;
- dori vositalari;
- tibbiy xizmatlar.
Mavzuga oid

16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

20:09 / 01.04.2025
2027 yildan boshlab san’atkorlardan daromad solig‘i majburiy undiriladi – Soliq qo‘mitasi

12:11 / 27.03.2025