Malayziyada maktab tomiga bortida harbiylar bo‘lgan vertolyot qulab tushdi

Jahon 09:06 / 04.10.2016 4510

4 oktabr ertalab Malayziya sharqidagi Tavau shahridagi maktablardan birining tomiga bortida 14 harbiy bo‘lgan Sikorsky S-61 vertolyoti qulab tushdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Vertolyot bortida bo‘lganlardan faqatgina uchuvchi arzimas jarohatlar olgan. Bu orada maktabdagi 7 o‘quvchi va yana bir erkak jarohatlar bilan zarur yordam olish uchun shifoxonaga jo‘natilganlar, deb ma'lum qildi Tavau politsiyasi boshlig‘i yordamchisi Fadil Markus.

Ta'kidlanishicha, vertolyot Saboh shtati bo‘ylab uchayotganda uchuvchi boshqaruvni yo‘qotgan.

Ko‘proq yangiliklar: