22 may kuni Eron poytaxti Tehron shahrida bo‘lib o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, delegatsiyaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.
19 may kuni Ibrohim Raisiy Eron shimolida vertolyotdagi texnik nosozlik tufayli yuz bergan halokatda vafot etdi.
Halok bo‘lganlarning dafn marosimlarini tashkil qilish uchun maxsus qo‘mita tuzilgan. Uning rahbari etib mamlakat vitse-prezidenti Muhsin Mansuriy tayinlandi.
Bundan tashqari, Eron saylov komissiyasi matbuot kotibi Muhsin Islomiyning aytishicha, yangi davlat rahbari uchun muddatidan oldingi saylov 28 iyunga belgilangan.