O‘quvchilar o‘rtasida kibersport va dronlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi

O‘zbekiston 13:23 440

2025-2026 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta (Prezident, ijod, ixtisoslashgan ta’lim muassasalari) ta’lim tashkilotlarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani nufuzini oshirish va uning rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan yangi tizim joriy etiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

- “Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, faol hayotiy pozitsiya” tamoyiliga asosan yangilangan ChQBT fanining o‘quv dasturi va darsliklari yaratiladi;
- ta’lim tashkilotlarida ChQBT fani haftasiga ikki soatdan o‘qitiladi.

2025 yil 1 iyundan ta’lim tashkilotlarida ChQBT rahbari lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida:

  • o‘quvchilar o‘rtasida kibersport, dron va robototexnika, kelajak o‘yinlari bo‘yicha alohida tanlovlar hamda harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi;
  • ziyolilar va nuroniylar ishtirokida “uch avlod uchrashuvlari” tashkil etiladi;
  • harbiy xizmatchilar tomonidan motivatsion suhbatlar va mahorat darslari olib boriladi.
Ko‘proq yangiliklar: