Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasi bilan tanishdi
Yarmarkada 110 ta korxonaning 500 ga yaqin mahsuloti namoyishga qo‘yilgan. Jumladan, avtomobilsozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, elektr texnikasi, raqamli texnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, gulchilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlardagi samarali loyihalar taqdim etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatining hududiy sanoat yarmarkasini borib ko‘rdi.
Qayd qilinishicha, yarmarkada 110 ta korxonaning 500 ga yaqin mahsuloti namoyishga qo‘yilgan. Jumladan, avtomobilsozlik, mashinasozlik, to‘qimachilik, elektr texnikasi, raqamli texnologiyalar, qurilish materiallari, oziq-ovqat, gulchilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa tarmoqlardagi samarali loyihalar taqdim etilgan.
Davlat rahbari viloyatda ishlab chiqarilayotgan keng turdagi mahsulotlar va ilg‘or ishlanmalar bilan tanishdi, ularning tashabbuskorlari bilan suhbatlashdi. Yaxshi tajribalarni qo‘llab-quvvatlab, yurt miqyosida ommalashtirish zarurligini ta’kidladi.
Shu maqsadda yarmarkaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkentdan mas’ullar va tadbirkorlar taklif etilgan. Ular mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish, kooperatsiya va savdo-sotiq masalalarida fikr almashmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Andijon viloyatida 11 mingdan ziyod sanoat korxonasi bor. Ularning respublika sanoatidagi ulushi 10 foizdan yuqori.
Xususan, hududda 47 ta sanoat zonasi tashkil etilgan. Ularda 2,3 trillion so‘mlik 1 mingta loyiha amalga oshirilgan bo‘lib, 18 ming kishi ish bilan ta’minlangan. Mazkur zonalarda 2024 yilda 1 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, qariyb 31 million dollarlik eksport qilingan.
Bugungi kunda qiymati 1 milliard dollarlik 288 ta investitsiya loyihasi amalga oshirish jarayonida. Jumladan, bu yil 119 ta loyiha ishga tushirilib, 4 mingdan ortiq ish o‘rni yaratiladi. Sanoat mahsulotlari eksporti 47 million dollarga yetkaziladi.
O‘tgan yilgi tashrifdan so‘ng, Oltinko‘l tumanidan 16 gektar yer ajratilib, mebellarni klaster usulida ishlab chiqarish majmuasi tashkil etilgan edi. Bu yerda 100 dan ortiq ustaxona, 236 ta shourum va savdo nuqtalari joylashgan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

20:38 / 18.04.2025
2025 yilda quvvati 65 megavatt bo‘lgan mingdan ortiq mikro GES quriladi

16:32 / 18.04.2025
Shakarga aksiz to‘lovi bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo‘yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi

15:33 / 18.04.2025
«Ayrim rahbarlar tadbirkorlarga yordam berish o‘rniga, ularga to‘siq bo‘lmoqda» – prezident

14:44 / 18.04.2025