Gubkin universitetining Toshkentdagi filiali talabasi darslardagi propaganda haqida xat yozdi. Filial raddiya berdi
Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali Meduza nashri e’lon qilgan xatga raddiya berdi. Unda darslarda urush targ‘iboti olib borilmasligi, u yerda xatda ismi keltirilgan talaba o‘qimasligi aytilgan.

Foto: Gubkin.uz
Meduza nashri 13 aprel kuni har kungi «Urush o‘quvchilar nigohida» ruknida o‘zbekistonlik talaba nomidan kelgan xatni e’lon qildi. Xat Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida tahsil oluvchi talaba Muhidjondan kelgani ko‘rsatilgan.
Quyida uning hikoyasi to‘liq keltiriladi:
Men [Moskvadagi] Gubkin universitetining [Toshkent] filiali talabasiman. Rostini aytsam, urush boshlanganda dahshatga tushgandim. Oldin ham doim Lenin va «buyuk rus shovinizmi» haqida gapirishardi va men buni mubolag‘a deb o‘ylardim, lekin endi bu haqiqat ekanini angladim. Oilamning Ukraina haqidagi eng iliq xotiralari bor, buvim va bobom yoshligi Yalta va Odessada qanday o‘tganini aytib berishgan. Buvim bombardimon videolarini ko‘rganida yig‘lab yubordi.
Biz, O‘zbekiston fuqarolarining yosh avlodiga ham urush ta’sir qildi. Endi har hafta universitetda bizga ma’ruzalar o‘qishmoqda, ularda keksa avlod vakili bizga «SVO» (Rossiyada urush o‘rniga shu abbreviaturani qo‘llashadi) va RFning jasur qo‘shinlari haqida so‘zlab beradi. Din ishlari bo‘yicha markaz xodimining shu so‘zlari hozirgacha yodimda: «Men qadimgi pravoslav rus madaniyatining tashuvchisi sifatida Rossiya Federatsiyasi qo‘shinlari satanistlarga qarshi kurashayotganini ta’kidlayman». Bu safsata, bu absurd. Biz – mustaqil O‘zbekiston yoshlarining Ukrainadagi urushga qanday aloqamiz bor?
Men Ukrainani faol qo‘llab-quvvatlayman, do‘stlarim Ukrainani qo‘llab-quvvatlaydi. Biz hammamiz bu jinoiy, axloqqa zid urushga qarshimiz. Sog‘lom fikrli odamlar doimo har qanday urush va zo‘ravonlikka qarshi. Men Ukraina o‘z ozodligi va mustaqilligini himoya qilishiga chin dildan ishonaman. Illyuziyalar bizga begona, agar Ukraina mag‘lub bo‘lsa, ozodlik va mustaqillikni qo‘limizda qurol bilan himoya qilishimizga to‘g‘ri kelishini juda yaxshi bilamiz.
14 aprel kuni Gubkin nomidagi universitetning Toshkent shahridagi filiali mazkur xat yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda «tegishli o‘rganish ishlari olib borilgani va murojaatda nomi tilga olingan shaxs filial talabalari tarkibida mavjud emasligi aniqlangani» ta’kidlangan.
«Murojaatda keltirilgan dars jarayonlaridagi „targ‘ibot ishlari“ haqidagi ma’lumotlar asossiz ekani, ya’ni ular haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Filialda ta’lim jarayoni belgilangan o‘quv rejasi va fanlar dasturi asosida tashkil etilgan», – deyiladi xabarda.
Filial ma’muriyati ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikka doimo tayyor ekanini qo‘shimcha qilib, OAV va jamoatchilik vakillaridan tasdiqlanmagan, bir tomonlama ma’lumotlarni tarqatmaslikni va rasmiy manbalarga tayanishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:44 / 16.04.2025
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 6 avgustgacha uzaytirildi

13:06 / 16.04.2025
Ukraina Bosh shtabi: Sumiga zarba bergan brigadaga hujum qilindi

13:03 / 16.04.2025
AQSh Ukrainaga harbiy yordam uchun «qarz» miqdorini uch barobarga kamaytirdi

12:26 / 16.04.2025