Trampizm cho‘qqisi, Ukrainada asir tushgan xitoyliklar va “tahqirlangan” Netanyahu - geosiyosiy hafta tahlili
AQSh-Xitoy savdo urushi avj pallasiga chiqdi. Tramp tinchlik haqida gapirib, 1 trillion dollarlik mudofaa budjetini e’lon qildi. Netanyahuning AQShga safari ko‘ngildagidek o‘tmadi. Ukraina ilk marta xitoylik askarlarni asir oldi. AQSh-RF muzokaralarni davom ettirmoqda, lekin tinchlik yo‘lida sezilarli siljish kuzatilmayapti.
Joriy haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz’ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida tahlil qilindi.
— Tramp Xitoyga bojlarni 125% ga ko‘taryapti, qolgan 186 davlat bilan kelishish uchun qarorni 90 kunga kechiktirdi. Xitoy bilan kelishib bo‘lmaydimi, sabab nima?
Abduvali Soyibnazarov: Haqiqatda shu kunlarda Donald Trampning goh bayonot berib, goh ortga chekinishi albatta dunyo bozorlarini ham nihoyatda larzaga solib tashladi. Ya’ni bojlar haqidagi dastlabki bayonotda moliyaviy fondlarda birdaniga qulash kuzatildi. Keyinroq 186 davlat bilan tariflar siyosati 90 kunga kechiktirilgach fond bozori yana ko‘tarilishni boshladi. Mening nazarimda, bu yerda asosiy gap Xitoy Xalq Respublikasi, ya’ni Donald Trampning maqsadi Xitoy Xalq Respublikasining Amerika Qo‘shma Shtatlari iqtisodiyotiga yetib olmasligi. Tramp aytyaptiki, AQShning hamkorlari iqtisodiy va harbiy jihatdan manfaat ko‘rayotgani, lekin Vashington yetarlicha nafga erishmayotganini da’vo qilyapti. E’lon qilingan bojlar sabab Yevropa Ittifoqi bilan Xitoy Xalq Respublikasi birgalikda AQShga qarshi turish uchun yaqinlashyotganini ham ko‘rish mumkin. Masalan, Ispaniya rasmiylari Pekinga borib muzokaralar olib bormoqda.
Fazliddin Madiyev: Donald Tramp hokimiyatga kelganda uni tushunish juda murakkab edi, lekin ayni vaqtga kelib uning tashqi siyosati oydinlashmoqda, Ya’ni Donald Trampning asosiy maqsadi nima?! Amerikalik sifatida uning maqsadi AQShdagi boylar o‘z mamlakat aholisini o‘ylagani yo‘q, AQShda ishchi kuchi qimmatligi sababli korxonalarni arzon ishchi kuchi mavjud bo‘lgan davlatlarga olib chiqqan, asosan Xitoyga ko‘chirilgan. AQShda ishlab chiqarilgan texnologiyalar hammasi Xitoyda yoki Osiyo mamlakatlariga ko‘chib ketdi. Qachongacha AQSh faqat armiyalar bilan tashqi dunyoni qo‘rqitib turadi degan savollarni o‘rtaga tashladi.
Xitoy va AQShning bojlar urushi qaysi bosqichgacha davom etadi?
Bektosh Berdiyev: Mening fikrimcha, Donald Trampning oxirgi chiqishlaridan ham buni ko‘rishimiz mumkinki, u ko‘proq Xitoy tomonining qo‘ng‘iroq qilib, u bilan uchrashib, kerak bo‘lsa unga bosh egishini xohlamoqda. Lekin Xitoy tomoni ham yon bermoqchi emas va ziddiyatda oxirigacha kurashishi oydinlashyapti. Xitoy tomoni ham tabiiyki juda katta zarar ko‘radi, bu masala Xitoyning ichki ishlab chiqarish, iqtisodiy salohiyatiga sezilarli zarba berishini tushunib turibdi. Lekin Xitoy AQSh tomon bir qadam tashlaydigan bo‘lsa, undan keyin Tramp yana boshqa talablarni ham ilgari surishi mumkin. Shuning uchun Xitoy tomoni hozircha shoshmayapti. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Xitoyga bojlarni 145% qilib belgilayapti, natijada Qo‘shma shtatlarda nafaqat narx ko‘tariladi, balki mahsulot olib kirish ham keskin kamayib ketsa kerak. Fikrimcha, Tramp bu ziddiyatda Xitoyga yon beradi va bojlar masalasini ko‘rib chiqadi.
Shuhrat Rasul: Asosiy masala ikki davlat savdo balansining Xitoy foydasiga aks etayotgani. Aslida AQSh-Xitoy Jahon savdo tashkiloti doirasida kelishuvlarga ega, lekin Trampning da’vosi shu Jahon Savdo Tashkiloti nizomini buzib, shunchaki zarar haqida gapirib, go‘yoki savdo balansi bizning zararimizga ishlayapti deyapti.
Undan tashqari 186 ta davlatga turli foizlardagi bojlatni 90 kunga kechiktirdi,
Oq uydan chiqayotgan har bir bayonot dunyo siyosatida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi, xo‘sh, bunday qarorlar qabul qilishga kim undayapti, Tramp ikkinchi safar saylangan payti u o‘zining kuyovi Kushnerga iqtisodiy masalalarda maslahatchi kerak deb aytgan va u Amazon kompaniyasining yetakchi menejeri bo‘lib ishlayotgan Piter Navarro degan bir shaxsni tavsiya qilgan. Aynan shu odam Trampga bojlar masalasida turli maslahatlar beryapti, bu haqida AQSh matbuotida fikrlar ham yangradi.
O‘ylaymanki, bojlar urushining yakunida Tramp bu tariflarni bekor qiladi yoki qisman saqlab qolib, Xitoyni yengdim degan bayonot bersa kerak.
Tahlilchilar shuningdek Trampning Netanyahu bilan sovuqlashgan munosabatlari, AQSh-Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar, AQShning Panama kanali borasidagi pozitsiyasi hususida ham o‘z fikrlarini bildirishdi.
Suhbatni to‘liq shaklda YouTube sahifada tomosha qilishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

23:00 / 21.04.2025
Tehron, Moskva va Rimdagi muzokaralar: Eron yadro dasturi bo‘yicha bitim asoslari chizilmoqda

17:10 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili

23:09 / 17.04.2025
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?

21:53 / 15.04.2025