O‘zbekiston | 12:00 / 09.04.2025
1944
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xitoyning energetik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytiradi

8 aprel kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ taklifiga asosan “Xitoy Xalq Respublikasining “HOLLEY GROUP” Co.Ltd. Direktorlar kengashi raisi Van Licheng boshchiligidagi elektrotexnika, energiya tejovchi texnologiyalar, elektr transport vositalarini quvvatlantirish infratuzilmasi, vodorod texnologiyalari, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, farmatsevtika va boshqa turdagi ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lgan 14 ta yirik ishlab chiqaruvchi korxonalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirish, energetika tizimiga investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish singari bir qator muhim masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida energetika aloqalarini izchil mustahkamlash borasida takliflar bildirildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi mamlakatimiz investitsion jozibadorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini ko‘paytirish borasida O‘zbekistonda investorlarga qulay investitsion sharoitlar yaratilgani haqida ta’kidlab, bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi korxonalari jumladan, “HOLLEY GROUP” Co.Ltd. kompaniyasi bilan hisoblagichlarni ishlab chiqarish va jamiyatda joriy etilgan ASKUE tizimida hamkorlikda ishlar olib borilayotgani va kelgusida ishlab chiqarishni yanada kengaytirish orqali transformatorlar, SIP kabellar ishlab chiqarishni joriy etilishi yuzasidan so‘z yuritdi.

Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qulay shart-sharoitlarni yaratish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zaro ayirboshlash haqida ham fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida mazkur muloqot ikki mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mavzuga oid