Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi

Jamiyat 22:44 / 17.09.2024 1807

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Bobur ko‘chasi va Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismida 110 kV yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu sababli 18 sentabrdan 15 oktyabrga qadar ko‘chaning ushbu qismida avtomobillar harakati cheklanadi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: