Asrorjon Akramovich Asqarov – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Asqarov bunga qadar AJ boshqaruvi raisining iqtisodiyot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Asrorjon Asqarov 1978 yilda tug‘ilgan. 2001 yilda Farg‘ona politexnika instituti, 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2009 yilda Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
HETni 2019 yildan buyon boshqarib kelgan Ulug‘bek Mustafoyev 19 dekabr kuni Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.