So‘nggi 5 yilda narxi eng kam pastlagan likvid avtomobillar sanaldi
Avtomobil tanlashda ko‘pincha ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan parametrlardan biri - uning likvidligi. Ayrim mashinalar yillar o‘tishi bilan tezda o‘z narxini yo‘qota boshlasa, boshqalari, aksincha, haydalganidan keyin ham o‘z qiymatini yaxshi saqlab qoladi.

Foto: newsroom.porsche.com
Amerikaning iSeeCars sayti bozordagi eng likvid avtomobillarni aniqladi.
Tadqiqot doirasida 5 yillikdan katta bo‘lmagan 800 mingdan ortiq haydalgan avtomobil e’lonlari tahlil qilindi va ular qay darajada arzonlashgani o‘rganildi.
Bu borada o‘rtacha ko‘rsatkich 45,6 foizni tashkil qildi — bu esa COVID-19 pandemiyasi sabab mashinalar keskin qimmatlashgan davrdan keyin bozor asta-sekin o‘sha darajaga qaytayotganini anglatadi. Solishtirish uchun: 2019 yilda 5 yil haydalgan mashinalar orasida o‘rtacha narx yo‘qotish 49,6 foizni, 2023 yilda esa 38,8 foizni tashkil etgan edi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, eng tez arzonlashadigan mashinalar — elektromobillar. Ular 5 yilda o‘rtacha 58,8 foizga arzonlashadi. Aksincha, gibrid avtomobillar o‘z qiymatini yaxshi saqlaydi — ularda bu ko‘rsatkich 40,7 foiz atrofida.
Tadqiqotda aniqlanishicha, eng likvid mashinalar — sportkarlar va Toyota modellaridir. Reytingning eng yuqori o‘rinlarini ham aynan ular egalladi. Qiymat yo‘qotishi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Porsche 911 (19,5 foiz) va Porsche 718 Cayman (21,8 foiz) ga to‘g‘ri kelgan.
Eng likvid zamonaviy avtomobillar esa quyidagilar:
· Porsche 911 — 5 yilda 19,5 foiz qiymat yo‘qotgan, 24 ming 428 dollar.
· Porsche 718 Cayman — 21,8 foiz ($15 581)
· Toyota Tacoma — 26 foiz ($8 217)
· Chevrolet Corvette — 27,2 foiz ($18 557)
· Honda Civic — 28 foiz ($6 987)
· Chevrolet Camaro — 28 foiz ($8 653)
· Toyota Tundra — 29,1 foiz ($11 659)
· Ford Mustang — 29,2 foiz ($9 325)
· Porsche 718 Boxster — 29,6 foiz ($22 155)
· Toyota Corolla Hatchback — 30,1 foiz ($7 156)
· Subaru BRZ — 30,2 foiz ($9 424)
· Toyota RAV4 — 30,9% ($9 233)
· Toyota 4Runner — 31,3 foiz ($12 753)
· Toyota Corolla Sedan — 31,4% ($7 004)
· Subaru Crosstrek — 33 foiz ($8 511)
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy: Sumiga zarba - tinchlik zarurligi haqida eslatma
Jahon | 11:51
-
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi
Jamiyat | 11:45
-
“Patirxonam bo‘lishini orzu qilardim” – patirchi ayollar tumanidan reportaj
Jamiyat | 11:39
-
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
Jahon | 11:08
Mavzuga oid

21:25 / 12.04.2025
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda

21:10 / 12.04.2025
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti

11:53 / 11.04.2025
Piyoz narxi nega qimmatlashdi?

22:40 / 08.04.2025