Rossiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlovchilar soni eng yuqori darajaga yetdi
Rossiyaliklarning nisbiy ko‘pchiligi Ukraina bilan imzolanadigan bir oylik vaqtincha sulhni qo‘llab-quvvatlamoqda

Foto: nokta.ru
Bu haqda 50 ta hududda 1615 rossiyalik o‘rtasida so‘rov o‘tkazgan «Levada» markazining mart oyi tadqiqoti natijalarida keltirilgan.
Rossiyaliklarning 27 foizi «Rossiya albatta Ukraina bilan tinchlik muzokaralarini boshlashi kerak», deb hisoblaydi. Bu shunday so‘rov o‘tkazila boshlangan sana — 2022 yilning sentabridan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
2023 yil martida bu variantini 19 foiz respondent tanlagan edi – o‘tgan ikki yilda ular soni 1,4 baravarga oshdi. Urushni davom ettirish tarafdorlari soni esa bu vaqt mobaynida biroz pasaygan — 26 foizdan 23 foizgacha (bu oraliqda ko‘rsatkichlar 30 foizgacha ko‘tarilgan va 18 foizgacha tushgan paytlar ham bo‘lgan).
Agar muzokaralar tarafdorlari barcha yosh toifalarida taxminan bir xil taqdim etilgan bo‘lsa, urush tarafdorlari asosan 40 yoshdan katta kishilar orasida — bu guruhda ular taxminan to‘rtdan bir qismni tashkil etadi. 40 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida esa urushni qo‘llab-quvvatlovchilar 15 foizni tashkil qiladi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida 30 kunlik vaqtincha sulhni rossiyaliklarning yarmi («albatta ha» va «ko‘proq ha» javoblar yig‘indisi) qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu – nisbiy ko‘pchilik: respondentlarning choragi (25 foizi) bu fikrga keskin qarshi, yana 16 foiz «ko‘proq qarshi».
Rossiyaliklar mart oyidagi eng muhim voqea deb Tramp va Putin o‘rtasidagi suhbatni ko‘rsatishgan. Buni 17 foiz so‘rovda ishtirok etganlar tanlagan. Ikkinchi o‘rinda katta farq bilan Sudjaning ozod etilishi, uchinchi o‘rinda esa Saudiya Arabistonidagi Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar qayd etilgan.
«Tinchlik tarafdorlarining asosiy dalili bitta — «ko‘p odam halok bo‘layapti», «katta yo‘qotishlar», «ikkala tomonda ham qurbonlar» va shuning uchun «yetarli», «tugashi kerak», «urush hech kimga kerak emas», — deydi «Levada» markazi direktori Denis Volkov.
Volkovga ko‘ra, yashirin ma’noda odamlar urush tezroq tugasayu, shunda bevosita o‘zining ishtirok etishi va jonini xatarga qo‘yishga to‘g‘ri kelmasligini bildirmoqda. «Aytish mumkinki, muzokaralarni qo‘llab-quvvatlovchilar sonining o‘sishi — harbiy harakatlardan charchoqning asosiy ko‘rsatkichi», — degan u.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

20:26 / 05.04.2025
Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

13:53 / 05.04.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

13:27 / 05.04.2025
Rossiyada yirik nemis farmatsevtika kompaniyasining zavodi musodara qilindi

13:07 / 05.04.2025