“Qat’iy nazoratga olamiz” – vazirlik grantlarni qayta taqsimlash jarayoni adolatli o‘tishini bildirdi
Yangi tartib bo‘yicha grant ajratish va qayta taqsimlash 3 ta komissiya nazoratidan o‘tadi. “Talabaning baholari tizimga kiritiladi, ijtimoiy faollik bo‘yicha ham indekslar, indikatorlar bilan hisoblanadi va tizimdan tortib olinadi, kimdir uni ruchkada yozmaydi”, - dedi vazirlik departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

Foto: Kun.uz
Grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni qanchalik adolatli o‘tishi haqida ma’lumot berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari OAV bilan o‘tgan matbuot anjumanida. Vazir birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev grantlarni taqdim etish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’kidladi.
Unga ko‘ra, buning uchun 9 nafardan kam bo‘lmagan a’zosi bor alohida 3 ta komissiya tuziladi va ular tarkibida jamoatchilik vakillari ham bo‘ladi. Nizomda 3 ta komissiya bo‘lishi ko‘rsatilgan. 1-akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash komissiyasi bo‘lib, u ta’lim grantiga talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun oliygoh rektori tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor raisligida tuziladi.
2-komissiya ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha bo‘lib, ta’lim grantiga talabgorning ijtimoiy faolligini aniqlash uchun oliygoh rektori tomonidan va yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor raisligida tuziladi.
Maxsus komissiya bu akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda ijtimoiy faolligini aniqlash komissiyalarining natijalarini umumlashtirib ko‘rib chiqish uchun oliygoh rektori raisligida tashkil etiladi.
“O‘ylaymizki, hukumat tomonidan tasdiqlangan nizom asosida oliy ta’lim muassasalarida barcha jarayonlar adolatli va shaffof kechadi. Biz buni qat’iy nazoratga olamiz”, - dedi Daliyev.
Vazirlik departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov talablarning ijtimoiy faoligini baholash aniq tizim asosida bo‘lishi va u komissiyalar ishini boshlaguncha ishga tushishini bildirdi.
“Talabalarning faollik indeksi qilinyapti, bu ham tizim orqali qilinadi. Mana HEMIS’da GPA ko‘rsatkichi aniq, uni hech kim o‘zgartira olmaydi, ijtimoiy faollik bo‘yicha ham indekslar, indikatorlar bilan hisoblanadi va tizimdan tortib olinadi, kimdir uni ruchkada yozmaydi”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, hukumatning tegishli qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tarif urushlarida g‘oliblar bo‘lmaydi – Si Jinping
Jahon | 17:36
-
Bo‘stonlqda ikki yoshli bola jarlikka tushib ketdi
O‘zbekiston | 17:31
-
Si Jinping YeIni AQSh bojlariga qarshi kurashda Xitoy bilan birlashishga chaqirdi
Jahon | 17:29
-
Qo‘shnilarimiz qiynalsa, bir chetda qarab turmaymiz - To‘qayev
Jahon | 17:19
Mavzuga oid

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:34 / 19.03.2025
«Ozodlik radiosi» grant to‘xtatilgani uchun USAGM'ni sudga berdi

10:19 / 15.02.2025
Kambag‘al oilalar farzandiga OTMda qo‘shimcha grant ajratiladi

09:04 / 10.02.2025