Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi
Xususan, Britaniya bosh vaziri hozir «sanksiyalarni yechish vaqti emas»ligini ta’kidladi.

Foto: AP
Yevropa davlatlari yetakchilari Parijda o‘tkazilgan uchrashuvda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishdan bosh tortdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer hozir «sanksiyalarni yechish vaqti emas»ligini ta’kidladi.
«Aksincha, biz AQSh tashabbusini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilish uchun sanksiyalarni qanday kuchaytirishimiz mumkinligini muhokama qildik», — deydi u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham uchrashuvda ishtirok etib, sanksiyalarni bekor qilmaslik qaroridan mamnun ekanini bildirgan. U Rossiyaga «ko‘proq bosim» o‘tkazishni istashini qo‘shimcha qilgan.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan AQSh va Ukraina muzokaralari yakunida tomonlar Qora dengiz bo‘yicha sulhni kelishib olishga muvaffaq bo‘lgandi. Ammo Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilaridan sanksiyalar olib tashlansa va «Rosselxozbank» SWIFT tizimiga ulansagina, bunga rozi bo‘lishini bildirdi. SWIFT Yevropa Ittifoqi tomonidan nazorat qilinadi.
AQSh davlat kotibi Marko Rubio 26 mart kuni Rossiya dengizda o‘t ochishni to‘xtatish evaziga sanksiyalarni yumshatishni taklif qilganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, AQSh ushbu masalani RF va YeI bilan muhokama qilish niyatida. Yevropa komissiyasi vakili Anitta Hipperga ko‘ra, Rossiya tomonining talablariga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi «Rosselxozbank»ka nisbatan joriy qilingan cheklovlarni bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti.
Mavzuga oid

20:47 / 27.03.2025
Panama Rossiya va Eron «maxfiy floti»ga aloqador 128 ta kemadan ruxsatnomani qaytarib oladi

20:33 / 27.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasni qabul qildi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

09:00 / 27.03.2025