Simulyatsiya va foydalanilmagan penalti - Masharipov va Shomurodovning Qirg‘izistonga qarshi o‘yindan keyingi fikrlari
JCh-2026 hal qiluvchi saralash bosqich 7-turi doirasidagi O‘zbekiston – Qirg‘iziston (1:0) uchrashuvidan keyin Jaloliddin Masharipov va Eldor Shomurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Tribuna.uz
Qirg‘izistonga qarshi o‘yin oson bo‘lmadi. Yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi, lekin to‘p darvozaga kirishni xohlamadi. Eng muhimi kerakli 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.
Birinchi bo‘limdagi penalti? Eldorga tepasanmi yoki tepaymi dedim. U tepaman dedi. Men mayli dedim.
Simulyatsiya va sariq kartochka? Istalgan futbolchi Eronga qarshi muhim o‘yinda o‘ynagisi keladi. O‘sha vaziyatda bekor bunday qildim deb o‘ylayman. Allohning rejasi har doim biznikidan yaxshi deb bilaman.
Jahon chempionatiga qanchalik yaqinlashdik? O‘lashimcha, 90 foiz yaqinalshdik. Ammo hammasi keyingi FIFA kunlariga qoladi deb o‘ylayman», — deydi Masharipov.
«Muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritib, jahon chempionati sari yana bir qadam tashladik. Oldimizda yana bir final turibdi. Eronni yutsak, mundialni 99 foiz hal qilgan bo‘lamiz. G‘alaba uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.
Penalti? Futbolda bo‘ladigan holat, muhimi g‘alaba qozondik. Yarim jamoa gol ura olmasligimni sezganini (kuladi) aytdi» — deydi Shomurodov.
O‘zbekiston jahon chempionati saralashi doirasida 25 mart kuni Eron mehmoni bo‘ladi.
Mavzuga oid

17:29 / 22.03.2025
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?

23:05 / 20.03.2025
JCh-2026 saralashi. Penalti va chetlatish kuzatilgan bahsda O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

00:03 / 28.01.2025
O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston - Iordaniya o‘yinida hisob ochilmadi

09:00 / 24.01.2025