Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deportatsiya qilindi
1977 yilda tug‘ilgan ushbu shaxs 12 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Undan zarar ko‘rgan fuqarolardan Bosh konsulxona yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi
O‘zbekiston huquq huquq-tartibot idoralari tomonidan 12 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Istanbuldan deportatsiya qilindi, deb xabar beradi Bosh konsulxona.
Qayd etilishicha, 1977 yilda tug‘ilgan R.N. odam savdosi jinoyatini sodir etishda ayblanib, Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilingan. U xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yo‘lida odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.
Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va hududiy ichki ishlar bo‘linmalariga murojaat qilishlari so‘raladi.
«Jinoyat uchun jazolanish muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning sentabr oyida Turkiya va O‘zbekiston ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Istanbulda firibgarlikda ayblanib kelingan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingan edi.
Mavzuga oid

19:17 / 20.03.2025
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar provokatsion postlar va mitinglardan uzoqroq bo‘lishga chaqirildi

13:49 / 20.03.2025
Yevropa davlatlari Istanbul meri qo‘lga olinganini qoralab chiqdi

20:49 / 19.03.2025
Erdo‘g‘an ofisi Istanbul merining hisbga olinishiga izoh berdi

15:45 / 16.03.2025