Jamiyat | 15:45
1275
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoro-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi

Shuningdek, faqatgina 16 mart kuni Buxoro-Toshkent reysi ham majburiy ravishda kechiktiriladi.

Foto: Kun.uz

Texnik sabablarga ko‘ra, faqatgina 16 mart kuni HY285/286 reyslari (Buxoro—Istanbul—Buxoro yo‘nalishi) majburiy kechikish bilan amalga oshiriladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Parvozlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

·       Buxorodan jo‘nash — soat 13:00 (mahalliy vaqt), Istanbulga yetib borish — soat 15:50 (mahalliy vaqt);

·       Istanbuldan jo‘nash — soat 17:00 (mahalliy vaqt), Buxoroga yetib borish — soat 23:10 (mahalliy vaqt).

Shuningdek, faqatgina 16 mart kuni HY022 reysi (Buxoro—Toshkent yo‘nalishi) ham majburiy ravishda kechiktiriladi. Buxorodan jo‘nash: 17 mart soat 00:00 (mahalliy vaqt), Toshkentga yetib borish: 17 mart soat 01:00 (mahalliy vaqt)

«Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid