AQSh Luiziana shtatida azot gazidan foydalangan holda birinchi qatl amalga oshirildi
Jyessi Hoffman Luizianada so‘nggi 15 yil ichida qatl etilgan birinchi mahbus bo‘ldi.

Foto: AP
AQSh Luiziana shtatida azot gazidan foydalangan holda birinchi qatl amalga oshirildi. Amerika matbuotiga ko‘ra, Oliy sud okrug sudyasining o‘lim jazosini ijro etishni to‘xtatib turish haqidagi buyrug‘ini bekor qilganidan so‘ng, 46 yoshli mahbus Jessi Hoffman jazoga tortildi.
Uning advokati Sesiliya Kappel so‘zlariga ko‘ra, qatl «ma’nosiz» bo‘ldi, chunki mahbusning hozirgi ahvoli 18 yoshda bo‘lgan va qotillikni sodir etgan davrdagi bilan «bir xil emas» edi.
Hoffman 1996 yilda 28 yoshli reklama direktori Meri Elliottni qurol o‘qtalgan holda o‘g‘irlab ketgan. So‘ngra, bankomatdan 200 dollar yechib olishga majburlagan. Keyinchalik zo‘rlagan va otib tashlagan.
Qayd etilishicha, Hoffmanga nisbatan o‘lim jazosining ijrosi Luiziana shtatida so‘nggi 15 yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi. Shuningdek, bu shtatda birinchi marta mahbus azot gazi yordamida qatl etildi.
Fevral oyida Hoffman qatlni kechiktirishni so‘rab shtat ustidan sudga murojaat qilgan edi. Himoya tomoni mart oyi boshida bo‘lib o‘tgan tinglovda azotdan foydalanish AQSh Konstitutsiyasiga ko‘ra «shafqatsiz» usul ekanligini ta’kidladi.
12 mart kuni okrug sudi sudyasi Shelli Dik azot gazi ijrosini taqiqlashga oid dastlabki qaror chiqardi. Biroq AQSh Oliy sudi bu qarorni bekor qildi.
Qo‘shma Shtatlarda o‘lim jazosi federal darajada va aksariyat shtatlarda qonuniy bo‘lib qolmoqda, garchi uning qo‘llanilishi juda xilma-xil bo‘lsa ham.
2024 yil holatiga o‘lim jazosi 24 shtatda qonuniydir. 23 shtat uni rasman bekor qilgan. Qolgan shtatlarda moratoriy ostida.
Jazoni ijro etishning eng keng tarqalgan usuli — inʼeksiya. Ammo ba’zi shtatlarda elektr stuli, otish, gaz kamerasi va osish kabi usullar ham qo‘llanadi.
Mavzuga oid

22:32 / 19.03.2025
Tramp AQShning Yevropadagi NATO kuchlari qo‘mondonligidan voz kechishi mumkin

21:16 / 19.03.2025
Zelenskiy va Tramp telefon orqali muloqot qildi

16:57 / 19.03.2025
AQSh sobiq prezidenti Kennedi o‘limi bilan bog‘liq maxfiy hujjatlar oshkor etildi

15:33 / 19.03.2025