Jahon | 09:04 / 18.03.2025
2526
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp: Baydenning ayrim shaxslarni afv etishi - haqiqiy emas

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezident tomonidan imzolangan afv etish hujjatlarini haqiqiy emas deb topdi. Tramp «uyqusiragan Jo Bayden» avtomatik ruchka deb atalgan ruchka yordamida «nima imzolayotganini bilmaganini» aytdi.

Foto: AP

«Uyqusiragan Jo Baydenning saylanmagan siyosiy bezorilar qo‘mitasiga va boshqa boshqalarga taqdim etgan «afv»lari o‘z kuchini yo‘qotdi hamda kuch va ta’sirga ega emas», deb yozdi 17 mart, dushanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social sahifasida.

Xususan, gap Tramp o‘z buyrug‘ini bajarmagani uchun vatanga xiyonatda ayblagan AQSh shtab boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi sobiq raisi, iste’fodagi general Mark Milli, Allergiya va yuqumli kasalliklar institutining sobiq rahbari, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha sobiq maslahatchisi, AQSh Kongressi a’zosi 19 Entoni Fauchi va AQSh Kongressi sobiq a’zosi Liz Cheyni haqida bormoqda.

Tramp AQSh Grenlandiyani qo‘shib olishiga ishonyapti

Amerika Qo‘shma Shtatlari Grenlandiyani anneksiya qiladi, Donald Trampning bunga ishonchi komil. 13 mart kuni Oq uyda NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvda AQSh prezidenti orolning anneksiya qilinishi mumkinligi haqidagi savolga «O‘ylaymanki, shunday bo‘ladi», deb javob berdi. «Bizga bu (Grenlandiya) xalqaro xavfsizlik uchun kerak», deb tushuntirdi Tramp. U, shuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQShga qo‘shilishida «muhim rol» o‘ynashiga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida, Mark Ryutte «NATOni bu masala bo‘yicha muhokamalarga tortmoqchi emasligini» aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning ushbu mintaqaga qiziqishi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uchun Grenlandiya muhimligini tan oldi.

Grenlandiyani o‘z ichiga olgan Daniya parlamentining mudofaa qo‘mitasi raisi Rasmus Yarlov o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida AQShning orolga da’volari «ikki NATO davlati o‘rtasida urushga» olib kelishi mumkinligini yozdi va Mark Ryuttening Tramp bilan uchrashuvdagi xatti-harakatlarini ham tanqid qildi. «Grenlandiya Daniyadan darhol mustaqillikka qarshi ovoz berdi va hech qachon Amerikaniki bo‘lishni xohlamaydi», deya qo‘shimcha qildi Yarlov.

Mavzuga oid