Tramp Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat ikki soatdan ortiq davom etdi
AQSh va Rossiya prezidentlarining suhbati Ukraina hududida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish harakatlari fonida bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti o‘rtasidagi telefon muloqoti yakunlandi. Bu haqda Oq uy vakiliga tayanib NBC News xabar berdi. O‘zaro muloqot ikki soatdan ortiq davom etdi.
Tramp va Putin suhbati AQShning Ukraina hududida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish harakatlari fonida bo‘lib o‘tdi. Bu vaqt davomida uzoq muddatli tinchlik kelishuvini muvofiqlashtirish rejalashtirilmoqda. Kiyev tinchlik sulhi to‘g‘risidagi taklifni qabul qilgan. Endi Vashington Moskvaning javobini kutmoqda.
Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham TASS agentligiga telefon muloqoti yakunlanganini tasdiqladi.
Bu Donald Tramp Oq uyga qaytganidan beri ikki mamlakat yetakchilarning ikkinchi marta telefon orqali suhbatlashishi. Birinchi marta ular 12 fevral kuni gaplashgan edi — o‘shanda suhbat bir yarim soat davom etgan. Mazkur muloqot natijasida prezidentlar Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralarni darhol boshlashga kelishib olgan.
Avvalroq AQSh yetakchisining maxsus vakili Stiven Uitkoff Tramp va Putin o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi. «O‘ylaymanki, bu hafta ikki prezident o‘rtasida haqiqatan ham yaxshi va ijobiy muhokama bo‘ladi», — degandi u.
Mavzuga oid

23:07 / 18.03.2025
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»

21:25 / 18.03.2025
Tramp o‘z qarorgohida 1 million dollarlik shaxsiy kechki ovqatni tashkil qildi

20:53 / 18.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»

20:16 / 18.03.2025