Jamiyat | 15:14
1636
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 5,3 milliard so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Xo‘jaobod tumani bo‘limi, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” MChJ rahbari S.A. “Beshqovoq” MFY hududidagi tuz ishlab chiqarish sexida o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich muhrini buzib, ohak ishlab chiqarish uchun jami 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid