O‘zbekiston | 08:03 / 01.02.2025
1810
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi sexda 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

MChJ rahbari va boshqalar sexga o‘rnatilgan hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.

Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan metallni qayta ishlash sexida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanildi

Bosh prokuratura xabar berishicha, “K.Y.A.” MChJ rahbari B.J. va boshqalar sexga o‘rnatilgan hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari B.J. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid