Jahon | 19:06
1832
2 daqiqa o‘qiladi

Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi

Modul o‘zining qayerga qo‘nganini tasdiqlovchi suratni jo‘natishga va o‘chib qolishdan oldin bir nechta tajribani faollashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Intuitive Machines

Texasda joylashgan Intuitive Machines kompaniyasining Oyga qo‘ngan moduli ishlamay qoldi, deb xabar bermoqda ABC News.

Missiya kosmik obektga omadsiz qo‘nishni amalga oshirganidan salkam 24 soat o‘tib yakunlandi. O‘tgan hafta uchirilgan «Afina» nomli modul belgilangan joydan 800 fut (250 metr) uzoqqa borib qolgan va muzli kraterga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Modul o‘zining qayerga qo‘nganini tasdiqlovchi suratni jo‘natishga va o‘chib qolishdan oldin bir nechta tajribani faollashtirishga muvaffaq bo‘lgan.

«Afina»ning quyosh panellari yo‘nalishi va kraterdagi ekstremal sovuq inobatga olingan holda uning batareyalarining qayta quvvatlanish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Bu Intuitive Machines uchun Oyga qo‘nishning ikkinchi urinishi edi. Bir yil oldin amalga oshirilgan birinchi urinish ham u yonlama qo‘ngan, biroq modul ko‘proq muddat faoliyat ko‘rsatgan edi.

Avvalroq Firefly Aerospace kompaniyasining Blue Ghost kosmik apparati Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgandi. Bu xususiy kompaniyaga tegishli apparatning Yer tabiiy yo‘ldoshiga birinchi marta qo‘nishi hisoblanadi va uning missiyasi 14 kun davom etadi.

Yaponiyaning ispace kompaniyasi ham Oyga o‘z apparatini uchirgan, ammo uning qo‘nishiga hali uch oy bor. U ham Blue Ghost bilan birga 15 yanvar kuni Kanaveral burnidan uchirilgan edi, biroq uning parvozi uchun uzoq marshrut tanlangan. 

Mavzuga oid