Suriyada hukumat kuchlari va Asad tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar avj oldi
Lataqiya viloyatida komendantlik soati joriy etilgan, mintaqaga Damashqdan qo‘shimcha kuchlar yuborilgan. Alaviylar yashovchi hududlardan ko‘chalarda tinch aholi vakillari bo‘lgan o‘nlab kishilarning jasadlari yotgani aks etgan kadrlar kelmoqda.

Foto: Anadolu
Suriyaning Rossiya aviabazasi joylashgan Lataqiya viloyatida xavfsizlik kuchlari va ag‘darilgan prezident Bashar Asad tarafdorlari o‘rtasida shiddatli to‘qnashuvlar yuz berdi.
Qarorgohi Londonda joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi (SOHR) ma’lumotlariga ko‘ra, janglarda kamida 70 kishi halok bo‘lgan. Tashkilot ma’lumotida qayd etilishicha, bu dekabr oyida Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan beri eng qonli to‘qnashuvlardir.
SOHR ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida xavfsizlik xizmati xodimlari, Asadga sodiq jangchilar, shuningdek, tinch aholi vakillari bor.
«Sohil hududida mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi xodimlari va ag‘darilgan rejim armiyasi jangarilari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlarda 70 dan ortiq odam halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar yaralandi va asirga olindi», — deyiladi SOHR xabarida.
Suriyadagi Step axborot agentligi keltirgan boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, hukumat qo‘shinlari «rejimning 70 ga yaqin sobiq jangarisi»ni o‘ldirgan, 25 dan ortig‘i esa asirga olingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘chalarda tinch aholi vakillari bo‘lgan o‘nlab kishilarning jasadlari yotgani aks etgan kadrlar tarqalmoqda.
Payshanba kuni Suriyaning Sana agentligi xabar berishicha, ag‘darilgan prezident tarafdorlari O‘rta Yer dengizi sohilidagi Jyebla shahri hududidagi blokpostlardan biriga hujum qilgan.
Bu joy yaqinida Rossiyaning «Xmeymim» aviabazasi joylashgan. Undan uncha uzoq bo‘lmagan Tartusda, shuningdek, boshqa hududlarda, jumladan, Homs va Halabda to‘qnashuvlar yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Lataqiya viloyatida komendantlik soati joriy etildi, mintaqaga Damashqdan qo‘shimcha kuchlar yuborilgan.

Suriya davlat nashrlari avvalroq o‘tish davri hukumati mudofaa vazirligi vakili Hasan G‘anining Asad tarafdorlariga murojaatini tarqatgan edi.
«Minglab odamlar qurollarini tashlab, o‘z oilalariga qaytishga qaror qilishdi, ba’zilari qotillar va jinoyatchilarni himoya qilib, qochishda va o‘lishda davom etmoqda. Tanlov aniq: qurolni tashlash yoki muqarrar taqdirni qarshi olish», — dedi u.
Lataqiyadagi xavfsizlik xizmati vakili Mustafo Kneyfati «yaxshi rejalashtirilgan va qasddan uyushtirilgan hujum» davomida bir necha guruh ularning pozitsiyalariga hujum qilgani, natijada «ko‘plab harbiy xizmatchilar» halok bo‘lgani va yaralanganini aytdi, ammo qurbonlar soniga aniqlik kiritilmadi.
«Biz mintaqada barqarorlikni tiklaymiz va odamlarimizning mol-mulkini himoya qilamiz», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP.
Lataqiya oblastida hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Bashar Asad mansub bo‘lgan alaviylarning katta jamoasi yashaydi.
Alaviylarning vakillari mamlakatda hokimiyat almashganidan beri, ayniqsa, qishloq joylarda ta’qibga uchrayotganidan shikoyat qilishgan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirildi
Iqtisodiyot | 23:21 / 19.04.2025
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16 / 19.04.2025
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10 / 19.04.2025
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35 / 19.04.2025
Mavzuga oid

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

00:07 / 16.04.2025