Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining «Tog‘-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Inspeksiya yer qa’ridan foydalanuvchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) tomonidan yer qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablariga geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni (shu jumladan yerosti suvlarini) qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash jarayonida rioya qilinishi ustidan nazorat olib boradi.
Inspeksiyaning vazifalaridan biri – yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchov ishlarini o‘z vaqtida o‘tkazilishi va qazib olingan (ajratilgan) foydali qazilmalarning ishonchli hisobi yuritilishi ustidan nazorat qilish. Bu nazorat 1984 yilgi Jahon geodezik tizimi (WGS-84) asosida amalga oshiriladi.
Marksheyderlik o‘lchovlari ma’lumotlari bo‘yicha amalda qazib olingan (ajratilgan) foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi hisobotlar yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan quyidagi talablarga rioya qilgan holda taqdim etiladi:
- birlamchi hujjatlarning (hisob-fakturalar, o‘lchov vositalari ko‘rsatkichlari va boshqa zarur ma’lumotlar) elektron nusxalari axborot tizimidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kiritiladi;
- shaxsiy kabinetga kiritilgan ma’lumotlar marksheyderlik tashkilotlari va xabardor qilish tartibida faoliyat yuritayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan ERI bilan tasdiqlanadi;
- aniqlashtirilgan ma’lumotlar har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 20-sanasigacha Tog‘-kon va geologiya sanoati vazirligining "Yer qa’ridan foydalanish markazi" davlat muassasasi tomonidan yer qa’ridan foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetlari orqali soliq organlariga avtomatik ravishda taqdim etiladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Tog‘-kon va geologiya sanoati vazirligi huzuridagi Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom;
- Tog‘-kon va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi to‘g‘risidagi nizom.
Mavzuga oid

13:48 / 24.02.2025
AQSh: Qazilmalar bo‘yicha bitim xavfsizlik kafolatlariga ega emas

09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi

16:21 / 12.07.2024
Budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazorat kuchaytiriladi

14:44 / 10.06.2024