Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
“Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Tovarlar rasmiylashtiruvi jarayonida bojxona organlarining “Xavflarni boshqarish” axborot tizimi quyidagi yo‘laklar kesimida tovar, transport vositalari, shaxslarning xavf darajalari hamda ularga nisbatan qo‘llanadigan bojxona nazorati shakllari va hajmini belgilaydi:
🟢“yashil yo‘lak”da xavf darajasi past belgilanadi va bojxona nazorati shakllari qo‘llanmaydi (tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati bundan mustasno). Bunda “yashil” yo‘lakka yo‘naltirilgan tovarlar avtomatik tarzda rasmiylashtiriladi;
🟡“sariq yo‘lak”da xavf darajasi o‘rta belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qo‘llanadi (bojxona va shaxsiy ko‘rik bundan mustasno);
🔴“qizil yo‘lak”da xavf darajasi yuqori belgilanadi va bojxona nazoratining bir yoki bir nechta shakllari qo‘llanadi;
🔵“ko‘k yo‘lak”da bojxona nazorati shakllari tovar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
2025 yil 1 oktyabrdan tovarlarni olib kirish, olib chiqish va tranzit olib o‘tish bo‘yicha barcha sertifikat, xulosa va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar faqat “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi.
2026 yil 1 sentabrdan Bojxona qo‘mitasi tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda barcha ishtirokchilar uchun qulay bo‘lgan tartibotlarni, shu jumladan, logistika xizmatlarini o‘z ichiga olgan axborot platformasi joriy etiladi.
Bundan tashqari, logistika uchun qulay chegara o‘tkazish punktlariga yondosh hududlarda bojxona terminallari quriladi.
Shuningdek, aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun veterinar ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, gigiyenik va ekologik sertifikatlar 1 kalendar yildan oshmagan muddatga 1 marotaba taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yirik nemis farmatsevtika kompaniyasining zavodi musodara qilindi
Jahon | 13:27
-
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning dengiz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodiga ishga olinadi
Jamiyat | 13:07
-
Rubio: Putin bilan tinchlik to‘g‘risida "cheksiz muzokaralar" bo‘lmaydi
Jahon | 12:12
-
Tomorqa uchastkalaridan foydalanish bo‘yicha choralar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 12:05
Mavzuga oid

12:20 / 01.04.2025
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

12:07 / 01.04.2025
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

11:47 / 01.04.2025
Bojxona ma’muriyatchiligida o‘zgarishlar amalga oshiriladi

11:35 / 01.04.2025