Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rildi. Xususan, Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlari bosh imom-xatiblari lavozimidan olinib, yangi vakillar tayinlandi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videomuloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Idora matbuot xizmatining xabar berishicha, yig‘ilishda tashkiliy masalalar ko‘rilgan.
Xususan, Surxondaryo viloyati bosh imom-xatibi Aliakbar domla Sayfuddinov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilib, Termiz shahridagi «Hakim Termiziy» jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.
Termiz shahri bosh imomi va «Manguzar» jome masjidi imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Rasuljon domla Abdullayev O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani «Oltintepa» masjidida imom-xatib bo‘lib ishlab kelayotgan Ahmadxon qori Alimov O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi etib tayinlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili vazifasini vaqtinchalik bajarib kelgan Yoqubjon domla Mansurov bosh imom-xatib o‘rinbosari va Samarqand tumani «Xo‘ja Ahrori Valiy» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida qoldirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakili Jasurbek domla Raupov ham o‘z ixtiyori bilan lavozimidan ozod etilib, Zangiota tumanidagi «Zangiota» jome masjidi imom-xatibi vazifasida qoldirildi.
Toshkent tumani bosh imomi va mazkur tumandagi «Hasanboy ota» jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Doniyor domla Ikromov O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi.
Mavzuga oid

20:00 / 28.12.2024
To‘y va boshqa tantanalar riyo va isrofga to‘ldi - O‘zbekiston musulmonlari idorasi

22:23 / 23.04.2024
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi Oliy Kengashiga qabul qilindi

14:57 / 08.01.2024
O‘zbekistonda umra ziyorati uchun narxlar arzonlashdi

14:08 / 16.03.2023