Xitoylik hakerlar Belgiya maxsus xizmatlari ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan - OAV
Hakerlar Amerikaning Barracuda kompaniyasining dasturiy ta’minotidagi zaiflikdan foydalangani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha ariza berilgan.

Foto: Getty Images
Xitoylik hakerlar 2021-2023 yillar davomida Belgiya Davlat xavfsizlik xizmatining (VSSE) ma’lumotlarini o‘g‘irlab kelgani ma’lum bo‘ldi, deb yozmoqda Se Coir nashri.
Belgiya Davlat xavfsizlik xizmatining ichki tergovi ma’lumotlariga ko‘ra, idoraga kelib tushgan har o‘nta elektron maktubning bittasi Xitoyga bog‘liq hakerlar tomonidan qo‘lga kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, hakerlar Amerikaning Barracuda kompaniyasining dasturiy ta’minotidagi zaiflikdan foydalangan.
Nashr manbalariga ko‘ra, bu VSSE duch kelgan «xavfsizlik sohasidagi eng jiddiy mojaro» hisoblanadi. Xitoylik hakerlar tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarda idora xodimlarining qariyb yarmining ma’lumotlari, jumladan, shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ichki tergov hujum aynan kimlarga qaratilganini aniqlay olmagan.
VSSE rahbariyati jinoyat ishi qo‘zg‘atish bo‘yicha ariza bergan va qator choralarni ko‘rgan, jumladan, kiberhujumlar davrida shaxsiy ma’lumotlarini topshirgan xodimlarni o‘z hujjatlarini yangilashga chaqirgan.
Avvalroq rossiyalik hakerlar butun dunyo bo‘ylab vazirlar va amaldorlar, shuningdek, Ukrainaga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tahlil markazlari hamda tashkilotlar xodimlarining WhatsAppʼdagi akkauntlariga kirishga uringani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar
Jahon | 20:47
-
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
Iqtisodiyot | 20:43
-
Polsha davlat reyestriga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi
Jahon | 20:43
-
AQShda Starbucksʼning 3D-printerda bosilgan birinchi qahvaxonasi ochildi
Fan-texnika | 20:40
Mavzuga oid

23:49 / 29.04.2025
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi

19:23 / 14.04.2025
Yetti yildan beri qidiruvda bo‘lgan hindistonlik milliarder Belgiyada hibsga olindi

14:15 / 09.04.2025
Belgiya Ukrainaga milliard yevro va F-16 qiruvchilarini beradi

12:03 / 03.04.2025