AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelindi
Ushbu fuqarolar Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan edi. Lekin muzokaralar natijasida ular O‘zbekistonga olib kelingan.
AQShdan Kosta-Rikaga deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan o‘zbekistonliklarning bir qismi Toshkentga yetib keldi, deb xabar beradi TIV matbuot kotibi.
«AQSh tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin vatanga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar fuqaromiz 24 fevral kuni Nyu-York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keldi», — deb yozadi Ahror Burxonov.
Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Ma’lumot uchun, AQShda Donald Tramp boshchiligidagi respublikachilar hokimiyatga kelgach, migratsiya siyosati qat’iylashtirildi. Fevral oyi boshida AQSh hukumati osiyolik muhojirlarni davlatdan tezroq chiqarib yuborish uchun Panamaga deport qilishni boshladi. Birinchi guruhda o‘zbekistonliklar ham borligi aytilgan.
20 fevral kuni esa AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 200 nafar migrant (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston va Hindiston fuqarolari) Kosta Rikaga jo‘natilishi xabar qilingandi. Ular Kosta-Rikada olti haftagacha ushlab turilishi va shundan keyin vataniga jo‘natilishi mumkinligi aytilgandi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolarini Qo‘shma Shtatlardan xavfsiz deportatsiya qilish masalalari bo‘yicha AQSh va Lotin Amerikasi davlatlari rasmiylari bilan aloqada bo‘lib turgani haqida xabar berilgandi. «Bizning kelishuvlarimizga asosan, Amerika tomoni deportatsiya qilinadigan fuqarolarimizning har bir holati haqida tezkorlik bilan xabardor qiladi. O‘rnatilgan amaliyotga ko‘ra, fuqarolarimiz vatanga Nyu York–Toshkent yo‘nalishi orqali qaytadi», — degandi TIV vakili.
Mavzuga oid

17:32 / 10.03.2025
Rossiyada 685 ming xorijlik nazorat ostidagi shaxslar reyestriga kiritildi

12:41 / 03.03.2025
AQShdan yana 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilinadi

01:22 / 21.02.2025
Kosta-Rika AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklarni qabul qilishga rozi bo‘ldi

16:40 / 15.02.2025