Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
Gap viza talablarini buzgan yoki AQShda qonuniy qolish muddati tugagan fuqarolar haqida bormoqda. TIV vakiliga ko‘ra, repatriatsiya jarayoni insonparvarlik va huquqiy tamoyillar asosida tashkil etilib, fuqarolarning munosib va xavfsiz qaytishini ta’minlaydi.

Foto: TIV
O‘zbekiston migratsiya siyosati va fuqarolarni repatriatsiya qilish sohasida Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikni faol ravishda kuchaytirmoqda, deb xabar beradi TIV matbuot kotibi.
Qayd etilishicha, erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida 30 aprel kuni AQSh hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida Nyu York—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi tashkil etiladi.
Mazkur repatriatsiya tashabbusi xorijda og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, xalqaro me’yorlar, majburiyatlar va inson huquqlari doirasida amalga oshiriladi. Gap viza talablarini buzgan yoki AQShda qonuniy qolish muddati tugagan fuqarolar haqida bormoqda. Repatriatsiya jarayoni insonparvarlik va huquqiy tamoyillar asosida tashkil etilib, fuqarolarning munosib va xavfsiz qaytishini ta’minlaydi.
Charter reysni tashkil etish ikki davlatning konsullik va migratsiya xizmatlari bilan yaqin hamkorlikda olib borilmoqda. Barcha choralar repatriatsiya qilinayotgan fuqarolarning huquqlarini maksimal darajada hurmat qilgan holda, O‘zbekiston va AQShning amaldagi qonunchiligiga qat’iy rioya etgan holda ko‘rilmoqda.
«Mazkur qadam O‘zbekistonning migratsiya oqimlarini tartibga solish, xorijdagi fuqarolarining huquqiy himoyasini, ijtimoiy va huquqiy moslashuvini ta’minlash hamda ularning xavfsiz va insoniy sharoitlarda vataniga qaytishini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan keng qamrovli siyosatining bir qismidir.
O‘zbekiston o‘z migratsiya siyosatini rivojlantirishda davom etadi va fuqarolarini har qanday vaziyatda qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga intiladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oxirlarida AQShdan deportatsiya qilingan 7 nafar o‘zbekistonlik Toshkentga olib kelingandi. Ushbu fuqarolar Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan edi. Lekin muzokaralar natijasida ular O‘zbekistonga olib kelingan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

02:32 / 12.07.2025